08.02.2024 17:39

Huquq himoyachilari Hindistonni musulmonlar uylarini buzishni toʻxtatishga chaqirdi

Amnesty International inson huquqlari xalqaro tashkiloti Hindiston hukumatini musulmonlarga tegishli mol‑mulklarni noqonuniy buzishni toʻxtashish, shuningdek ushbu jarayonlarda qoʻllanilayotgan JCB buldozerlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyani javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Amnesty International inson huquqlari xalqaro tashkiloti Hindiston hukumatini musulmonlarga tegishli mol‑mulklarni noqonuniy buzishni toʻxtashishga chaqirdi.

“Hindistonda bulʻdozer adolatsizligi” va “Hindistondagi bulʻdozer adolatsizligida JCB roli va javobgarligi” deb nomlangan hisobotlarda 2022 yilning aprelʻ‑iyunʻ oylarida mamlakatda 128 ta obʻʻekt noqonuniy buzilgani hujjatlashtirilgan.

Tashkilot ekspertlari uy-joy va tijorat obʻʻektlarining buzilishi kamida 617 kishini boshpanasiz qoldirgan yoki tirikchilik vositalaridan mahrum boʻlganini daʻʻvo qilmoqda, deya xabar beradi Al Jazeera telekanali.

Tashkilot jabrlanuvchilarning aksariyati musulmonlar boʻlgan ushbu buzilishlar qurbonlari uchun adolatli tovon toʻlanishini talab qilmoqda. Huquq himoyachilari, shuningdek, Hindistondagi musulmonlarga tegishli uy va mol‑mulklarning buzilishida qoʻllanilayotgan bulʻdozerlarni ishlab chiqaruvchi JCB kompaniyasini (bosh idorasi Londonda joylashgan) ham javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.

"Hindiston hukumatining "bulʻdozer adolati" deb nomlangan musulmonlar mulklarini noqonuniy buzishi shafqatsiz va dahshatli... Ular oilalarni vayron qilmoqda va zudlik bilan tugatilishi kerak", - dedi Amnesty International bosh kotibi Agnes Kallamar.

Mavzuga aloqador