Tayvanda Xitoydan mustaqillik va AQShga yaqinlashish tarafdori Lay Tsinde prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozondi
Tayvandagi prezidentlik saylovlarida hukmron Demokratik progressiv partiya (DPP) vakili Lay Tsinde gʻalaba qozondi. Bu haqda Focus Taiwan va BBC News xabar berdi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 64 yoshli Lay Tsinde qariyb 42 foiz ovoz toʻplamoqda.
Xitoy
bilan yaqinlashish tarafdori boʻlgan Gominʻdan partiyasi nomzodi Xou Yui magʻlubiyatini
tan oldi. U 33 foiz ovoz toʻpladi. Uchinchi nomzod, Tayvan Xalq partiyasi (TXP)
rahbari Ke Venʻchje esa 25 foizga yaqin ovoz oldi.
Lay Tsinde Tayvanning amaldagi
vitse-prezidenti va DPP rahbari. U oʻzini "Tayvan mustaqilligi uchun
pragmatik kurashchi" deb ataydi
va Tayvan allaqachon suveren, mustaqil davlat ekanligini taʻʻkidlaydi. Time nashriga bergan intervʻyusida
u Tayvan Xitoy bilan doʻst
boʻlishga umid qilishini aytdi. “Biz dushman boʻlishni xohlamaymiz. Xitoy
rahbari Si Tszinpinni
Tayvanda koʻrishdan xursand boʻlamiz va unga Tayvan tansiq taomlarini tayyorlaymiz”, - degan.
Lay Tsinde,
shuningdek, AQSh bilan aloqalarni va oʻz mamlakatining mudofaa qobiliyatini
rivojlantirishda davom etishini aytdi.
Bloomberg
agentligi Amerika maʻʻmuriyatidagi manbasiga tayanib, Xitoy rahbari Si Tszinʻpin
AQSh prezidenti bilan uchrashuvda Lay Tsindening ehtimoliy gʻalabasidan «tashvishda»
ekanini bildirganini yozdi. Si Tszinʻpin oʻzining yangi yil tabriknomasida Tayvan
bilan qayta birlashish “toʻxtatib boʻlmaydigan tarixiy tendentsiya” ekanini taʻʻkidlagan.
Prezidentlik
saylovlarida ovoz berish Pekinning harbiy manyovrlari fonida boʻlib oʻtdi. Tayvan
Mudofaa vazirligi oxirgi 24 soat ichida Xitoyning sakkizta samolyoti va oltita
harbiy kemasi orolga yaqinlashgani haqida xabar berdi.