Livan janubidagi Qana qishlogʻi uchinchi bor Isroil armiyasi tomonidan qirgʻin qilindi. 1996 va 2006 yillarda boʻlgani kabi, Gʻarb matbuot ushbu qishloqda oʻnlab tinch aholi vakillari halok boʻlganini sovuqqonlik bilan qabul qilmoqda. “Bu esa irqchi Gʻarb mediasi uchun sionistlarning hayoti qimmatliligi, arablar esa faqat oʻlim koʻrsatkichlari yangi rekordlarni oʻrnatgandagina yoritilishi kerak boʻlgan gʻayriinsoniy mavjudotlar sifatida koʻrilishini anglatadi”, - deb yozadi jurnalist va yozuvchi Robert Inlakesh.

1996 yilda Isroil artilleriyasi 800 ga yaqin livanliklar boshpana topgan Qana qishlogʻidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti obʻʻektini toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga oldi. Hujum natijasida kamida 106 nafar fuqaro, shuningdek, BMTning toʻrt nafar tinchlikparvar askari halok boʻldi va 120 ga yaqin kishi jarohatlandi

Oʻtgan hafta Isroil harbiy kuchlari Livan janubidagi Qana qishlogʻiga qator havo hujumlarini uyushtirdi. Ekspertlar ushbu voqeani “Uchinchi Qana qirgʻini” deb atashdi.

Kamida 10 kishi halok boʻlib, 15 kishi jarohatlanishiga sabab boʻlgan Isroil bombardimonlari oxirgi paytda livanliklar boshidan kechirgan eng ogʻir holat boʻlmasa-da, sionistlar tomonidan sodir etilgan qatliomning davomi desak toʻgʻriroq boʻladi. Eng vahshiyona jinoyatlar 1982 yilda va undan keyin sodir etilgan. Oʻshanda Isroil Livanda 20 mingga yaqin tinch aholi vakillarini oʻldirgan edi.

Biroq butun arab dunyosining xotirasidan oʻchmaydigan eng dahshatli jinoyat Sabra va Shatila qochqinlar lagerlarida yuz berdi.

Isroil Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) jangchilarini Livandan Tunisga qochishga majbur qilganidan soʻng, mamlakat boʻylab qochqinlar lagerlari himoyasiz qoldi va ular asosan ayollar va bolalardan iborat edi.

Ayni shu paytda, bosqinchi sionistlar nazorati ostida ularning ittifoqchisi boʻlgan Falanga militsiyasi Sabra va Shatila lagerlariga bostirib kirdi va 3500 ga yaqin begunoh odamni vahshiylarcha oʻldirdi.

Isroil oʻz askarlarining bu voqeani kuzatib turgani va hatto lagerga qarata oʻt ochgani haqidagi dalillar paydo boʻlishidan oldin, bu hodisadan xabardorligini inkor etib, qirgʻindagi ishtiroki haqidagi ayblovlarni "ashaddiy tuhmat" va "antisemitizm" deb atadi.

Biroq livanliklar yaqin oʻtmishda sodir etilgan yana bir qirgʻinni ham unutolmaydi – bu Qana qirgʻinlari merosidir.

1996 yilda Isroil artilleriyasi 800 ga yaqin livanliklar boshpana topgan Qana qishlogʻidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti obʻʻektini toʻgʻridan-toʻgʻri nishonga oldi. Hujum natijasida kamida 106 nafar fuqaro, shuningdek, BMTning toʻrt nafar tinchlikparvar askari halok boʻldi va 120 ga yaqin kishi jarohatlandi.

Bu hujum Isroil va Janubiy Livan armiyasi (SLA) deb nomlanuvchi sionistlarning “qoʻgʻirchoq” kuchlari hamkorligida amalga oshirilgan. Isroil BMT obʻʻektida “Hizbulloh” aʻʻzolarining mavjudligi haqida yolgʻon maʻʻlumot tarqatgan, bu ayblov keyinchalik asossizligi aniqlandi.

2006 yilda Isroil Ikkinchi Qana qirgʻini deb atalgan qonli qirgʻinni sodir etdi. Havo hujumlari oqibatida kamida 31 nafar tinch aholi – ularning deyarli yarmi bolalar edi – halok boʻldi. Oʻsha paytda ham Isroil bombardimonlaridan jabrlangan bolalarning ayanchli tasvirlari xalqaro jamoatchilikning gʻazabini uygʻotgandi.

Oʻshanda ham yahudiy davlati rahbarlari nishonga olingan joyda "Hizbulloh" jangchilari boʻlganini aytib, xalqaro jamoatchilikni aldashga uringani etmaganidek, OAV jonli efirlarida koʻrsatilgan goʻdaklarning jasadlari “Isroilni yomonotliq qilish uchun qabristondan qazib olingan”ini taxmin qildi. Shubhasiz, bu mazlum Qana aholisiga nisbatan ham haqorat edi.

Aytish joizki, 2006 yilda ham “suvdan quruq chiqib”, jazolanmay qolgan Isroil ayni paytda oldingiga nisbatan ikki baravar koʻproq begunoh livanliklarni oʻldirdi.

AQSh boshchiligidagi Gʻarb davlatlari nashrlari Livanda oʻldirilgan butun boshli tinch aholiga nisbatan harbiy bazaga dron zarbasi berilishi oqibatida halok boʻlgan toʻrtta isroillik askarga koʻproq qaygʻurdi.

Ularning haqiqiy bosqinchilar tomonida turib, motamsaro xabarlar berishi, sionist askarlarining suratlarini namoyish etishi va ismlarini efirda oʻqib eshittirishi bunday axborot manbalari aslida Isroil armiyasining korporativ jamoatchilik aloqalari boʻlimi vazifasini bajarishini tasdiqlaydi.

Sky News va Kanadaning National Post kabi nashrlari askarlarni "oʻsmirlar" deb taʻʻriflagandi. Vaholanki ularning barchasi 19 yoshda boʻlgan va Isroilning elita harbiy brigadasi aʻʻzolari ekanligi sababli qonun boʻyicha katta yoshli hisoblangan.

Isroil Livandagi aholi zich yashaydigan hududlarga “Hizbulloh”ning mavjudligini isbotlamasdan tonnalab portlovchi moddalar tashlayapti. Gʻarbning “koʻzlari” asl manzarani koʻrmayapti, “quloqlari” haqiqatni eshitmayapti.  Fashistlar tomonidan oʻldirilayotgan musulmonlar ularning nazarida inson huquqlaridan ayro tasvirlanmoqda.

Ajablanarlisi, ushbu qatliom boshqa bir mojaro paytida sodir boʻlganida, shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining bosh sarlavhasidan joy olardi.

Xullas, Gʻarb korporativ ommaviy axborot vositalari Gʻazoda 17 mingga yaqin oʻldirilgan goʻdaklar uchun belgilangan "Arab meʻʻyori" deb atashimiz mumkin boʻlgan holatga muvofiq ish koʻrmoqda. "Isroil meʻʻyori" esa harbiy bazalardagi bosqinchilar oʻlimi xususida qaygʻuli axborot berishdan iborat.

Bu esa irqchi Gʻarb mediasi uchun sionistlarning hayoti qimmatliligi, arablar esa faqat oʻlim koʻrsatkichlari yangi rekordlarni oʻrnatgandagina yoritilishi kerak boʻlgan gʻayriinsoniy mavjudotlar sifatida koʻrilishini anglatadi.

Robert Inlakesh, jurnalist va yozuvchi

Mavzuga aloqador