Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (6-qism)

Materializm va tabiiy ehtiyojlarni darhol qoniqtirish urf boʻlgan zamonaviy jamiyatda axloqiy tamoyillar va ilohiy taʻʻlimotlardan kelib chiqqan holda, hayotiy qarorlarimizni chuqur axloq va fazilat ruhida mustahkamlashimiz tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda bizning oldimizda turgan eng asosiy masalalar ham vahiyga ergashishning muhimligi, fiqhiy qoidalar shunchaki eskirgan urf-anʻʻanalar emasligi, biz musulmon oʻlaroq hayotning maqsadi va tabiati haqidagi savollardan kelib chiquvchi bugungi zamonaviy davrning qatʻʻiy belgilangan standart va nizomlariga, ularni toʻgʻri deya amal qilmasligimiz, birinchi navbatda yaxshi va yomon meʻʻyorlari chigʻirigʻidan oʻtkazishimiz zarurligidir. Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasi.

Yagona Xudoga topinish ilk axloqiy imperativ (buyruq) sifatida

Biz avvalroq yoritishni boshlaganimiz tushunchaga qaytamiz. Yana bir bor taʻʻkidlaymizki, islom targʻib qilayotgan ezgu amallar neʻʻmati bir muqarrar poydevor asosida qurilgan boʻlib, ularsiz ezgulik tushunchasi tushunarsiz boʻlib qoladi va insonning toʻgʻrilikka boʻlgan fitriy muhabbatiga putur etadi. Bu asos oliy Haq – Allohni tan olish va unga boʻysunishdir. Yakuniy haqiqatga asoslanmas ekan, ezgu ishlar shunchaki tuproq va kulga aylanadi (Ibrohim, 18).

Buni idrok etish uchun biz Islom Yaratganga nisbatan toʻgʻri taʻʻlimot ekanini tan olishimiz kerak. Demak, islom axloqiy hayot tarzi boʻlib, u nafaqat dunyoviy ehtiyojlarimizni qondirish uchun Allohning roziligini, balki yaqinlashib kelayotgan abadiy oxiratda yaxshilarni mukofotlaydigan, yomonlarni jazolaydigan yagona haqiqiy Xudoga nisbatan mutlaq munosabatni talab qiladi. Biroq din va ibodatning axloq bilan bogʻliqligi oʻtmishdagi va hozirgi koʻplab xalqlar zehniyatidan yoʻqolib ketgan, shu bois ular oʻz xudolariga sigʻinib, maʻʻnaviy-ruhiy poklanishlar yoki marosimlarni haqiqatni anglashga urinish va Xudoga hamd bildirish kabi axloqiy sabablarga koʻra emas, balki oʻzlarining dunyoviy manfaatlarini qondirish uchun bajaradilar. Bularga bolalarga boʻlgan qadimiy istak va yaxshi hosildan tortib, stressni engillashtirish, xotirjamlik va muvozanat uchun zamonaviy tashvishlargacha boʻlgan barcha ehtiyojlar kiradi. Sekulyar olimlar oʻlim qoʻrquvi, buyuk nomaʻʻlum narsa va insoniyatning tabiatning isyonkor kuchlarini tinchlantirishga intilishi tarix davomida dindorlikning asosiy impulʻslari (turtkilari) boʻlgani haqida farazlar qilishdi. Haqiqatda esa bu tuygʻular Alloh taolo bu dunyoda va qalblarimizda kamolot va abadiyatga boʻlgan dastlabki intilish shaklida jo etgan ishora va eslatmalar, xolos. Bu istaklarga putur etishi shayton odamlarni qanday yoʻldan ozdirishiga misoldir, xuddi bizning otamiz Odam Ato bilan boʻlgani kabi: abadiylik va farishtalarning mukammalligi vaʻʻdasi (masalan, Toha, 120; Aʻʻrof, 20).

Qurʻʻonning birinchi surasi Al-Fotiha bizning sajda qilish va yordam soʻrashga boʻlgan instinktimizga yuzlanishdan avval uchta asosiy faktni aytadi: Alloh maqtovga loyiqdir, chunki u eng mehribon (Rahmon, Rohiym), hamma narsaning qoʻllab-quvvatlovchisi (Robb); va yakuniy axloqiy hukmning sohibi. Shundagina biz ibodatimizni faqat Unga bagʻishlashimiz va Ungagina yordam soʻrab murojaat etishimiz kerakligini tushunib etamiz, chunki faqat u Zot sajda qilishga va yolvorishga loyiqdir. Toʻgʻri yoki haqiqat gʻoyasi mohiyatan axloqiy gʻoyadir. Sura toʻgʻri yoʻlga – yana bir bor axloqiy tushunchaga yoʻl-yoʻriq soʻrash bilan yakunlanadi. Insonlar oʻlaroq biz hifz va qulay hayotga muhtojmiz, biroq Haq taoloni rozi qilishga intilish orqali oʻzini xavfsiz his etish instinkti bu surada ikkita bir xil asosiy axloqiy imperativlar oʻrtasida joylashgan. Birinchisi, Yaratuvchi va Hokimning ulugʻligi va yaxshiligini tan olish (ochiq-oydin fikrlash, haqiqat va rozilikka asoslangan holda) ikkinchisi esa oʻsha qudratli Zotdan axloqiy toʻgʻrilik va yoʻl-yoʻriq soʻrab yolvorish. Demak, Islom, birinchi navbatda, axloqiy haqiqat, toʻgʻri va notoʻgʻri bilan bogʻliq: yagona haqiqiy Xudoga boʻysunish, Unga sajda qilish va Allohning tanlangan elchisiga ergashish farz. Bugun dunyoni maʻʻno va goʻzallikdan mahrum etgan sekulyar dunyoqarashdan farqli oʻlaroq, Islom borliq haqiqatini mavjudlik maqsadidan ajratmaydi - bu ikki savolni birgalikda qoʻyib, musulmonlarni ularga birgalikda javob topishga undaydi. Maqsad va hayot haqiqatini ajratish dunyoviylik mohiyatidir. Ikkalasi ajratilgan on, muqarrar ravishda mavjudlikning axloqiy maqsadini sekulyar manfaatlar oʻz zimmasiga oladi va boshqaradi. Boshqacha qilib aytganda, biz oʻz xohish-istaklarimiz va fikrlarimiz asosida qanday eng yaxshi hayot tarzi masalasini hal qilib, hayotning maqsadi va maʻʻnosi haqidagi savolni oʻz uylarimiz va ibodatxonalarimiz doirasida cheklab qoʻyamiz. Aksincha boʻlsa, biz Yaratuvchi hayotni maqsad bilan yaratganini va bu maqsadni amalga oshirish barcha axloq va haqiqatlarning asosi ekanligini alvvaldan eʻʻlon qilamiz. Xoʻsh, nega Xudo Uni inkor etganlar, Qadimgi Misr firʻʻavnlari, mustamlakachi Gʻarb va bugungi cheksiz istibdodchi global kuchlarning, hatto baʻʻzilar Xudoning haqiqatiga taslimiyat keltirgan boʻlsada, zulmdan aziyat chekayotgan bir paytda, er yuzida gullab-yashnashi va hukmronlik qilishiga yoʻl qoʻyib beradi? Zamonaviylikning chinakam axloqsiz va yovuz tabiati Birinchi jahon urushida oshkor boʻlishidan avval, baʻʻzi sodda va mavjud inqiroz vaziyatidan mahzun boʻlgan musulmon mutafakkirlari Evropaning harbiy ustunligini ulardagi maʻʻnaviy ustunlik bilan bogʻlashdi. Bu magʻlubona fikr mutlaqo yolgʻondir. Qurʻʻon bunday kurashlar haqida juda koʻp oʻrinlarda zikr qilgan. Xudoning xalqi boʻlgan isroilliklar U yuborgan risolatga rioya etolmaganlarida, oʻzlarini iymonsiz kuchlar qoʻlida taslim qilishgan va oʻzlari uchun munosib emas deb hisoblagan ilohiy taʻʻlimotlarni inkor etishgan (masalan boʻlmaydiganlarga, Baqara, 85). Shak-shubha yoʻqki, Xudoning sabri biznikidan aql bovar qilmas darajada ulugʻroq va shuning uchun ham Xudo bir-biriga nisbatan adolatsizlik va zulm qilganlarga emas, balki Oʻziga nisbatan adolatsizlik qilganlarga sabr qiladi, garchi birinchi toifa ikkinchisiga qaraganda ogʻirroq gunoh sodir etsa ham. Olimlarning “Xudo adolat fazilatiga ega boʻlgan iymonsizlarga muhlat beradi, ammo moʻmin boʻla turib, bir-biriga adolat bilan munosabatda muhlat bermaydi”, degan mashhur jumlasining maʻʻnosi ham shu. Shuning uchun ham Allohning hidoyati sohiblari bu dunyoda Xudo va insoniyat oldida hisobdor va masʻʻuliyatdor ekanliklarini anglashlari va boshqalarga ham buni eslatib turishlari kerak va Allohning risolati etib bormaganlarga, toki bu ularga etib borgunicha muhlat berilishi mutlaqo maqsadga muvofiq ishdir. Alloh biluvchiroq.

Materializm va tabiiy ehtiyojlarni darhol qoniqtirish urf boʻlgan zamonaviy jamiyatda axloqiy tamoyillar va ilohiy taʻʻlimotlardan kelib chiqqan holda, hayotiy qarorlarimizni chuqur axloq va fazilat ruhida mustahkamlashimiz tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda bizning oldimizda turgan eng asosiy masalalar ham vahiyga ergashishning muhimligi, fiqhiy qoidalar shunchaki eskirgan urf-anʻʻanalar emasligi, biz musulmon oʻlaroq hayotning maqsadi va tabiati haqidagi savollardan kelib chiquvchi bugungi zamonaviy davrning qatʻʻiy belgilangan standart va nizomlariga, ularni toʻgʻri deya amal qilmasligimiz, birinchi navbatda yaxshi va yomon meʻʻyorlari chigʻirigʻidan oʻtkazishimiz zarurligidir.

Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum.

Davomi bor. Avvalgi qismlarni oʻqish

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (2-qism)

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (3-qism)

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (4-qism)




Mavzuga aloqador