Hayit bayramini qanday oʻtkazish kerak – 22 odob
HAYIT BAYRAMLARIGA OID ODOBLAR
Hayit bayramlari jamiyatning yoshu qari, boyu
kambagʻal barcha vakillari uchun shodlik va xursandchilik kunlari hisoblanadi. Hayit
bayrami ikkita boʻlib, ulardan biri Ramazon roʻzasi tugaganidan soʻng, ikkinchisi
esa hojilar Arafotda turganlaridan soʻng nishonlanadi. Musulmonlar hamisha orziqib
kutadigan ushbu ikki hayit bayramiga taalluqli bir qancha odoblar boʻlib, ularga
amal qilish bu bayramlardagi xursandchiliklar toʻliq boʻlishiga va eng muhimi,
koʻplab ajru savoblarga ham ega boʻlishga sabab boʻladi. Hayit bayramlarining
odoblari deganda asosan quyidagi odoblar tushuniladi:
Birinchi odob – ezgu niyat qilish
Ikkinchi odob – gʻusl qilish.
Uchinchi odob – xushboʻylanish.
Toʻrtinchi odob – yangi kiyimlar kiyish
Beshinchi odob – Ramazon hayitida namozdan oldin sadaqai
fitrni ado etish.
Oltinchi odob – Ramazon hayitida namozga chiqishdan oldin bir
nechta xurmo eb olish.
Ettinchi odob – Qurbon hayitida qurbonlik qilishdan oldin hech
narsa emaslik.
Sakkizinchi odob – hayit
namoziga erta borish.
Toʻqqizinchi odob – hayit
namoziga bolalarni olib chiqish.
Oʻninchi odob – masjidga
piyoda yurib borish.
Oʻn birinchi odob – masjidga
borguncha ovozni chiqarib tahlil va takbir aytib borish.
Oʻn ikkinchi odob – hayit
namozidan oldin boshqa biror nafl namoz oʻqimaslik.
Oʻn uchinchi odob – hayit
namozi uchun azon va takbir aytmaslik.
Oʻn toʻrtinchi odob – hayit
namozini xutbadan oldin oʻqish.
Oʻn beshinchi odob – imomning
jamoatga yuzlanib xutba qilishi.
Oʻn oltinchi odob –
qurbonlikni hayit namozidan keyin soʻyish.
Oʻn ettinchi odob –
bir-birlari bilan koʻrishib, hayit bilan muborakbod etish.
Oʻn sakkizinchi odob –
masjiddan uyga qaytishda boshqa yoʻldan qaytish.
Oʻn toʻqqizinchi odob – qavmu
qarindoshlarni ziyorat qilish.
Yigirmanchi odob –
qoʻni-qoʻshnilarni bayram bilan tabriklash.
Yigirma birinchi odob – yosh
bolalarni xursand qilish.
Yigirma ikkinchi odob –
turli isrofgarchiliklardan tiyilish.
(«Islom odoblari
entsiklopediyasi» kitobidan)