Gʻazoda urush boshlanganidan buyon eng yuqori martabali bosqinchi yoʻq qilindi
Gʻazoda qarshilik harakati portlamay qolgan snaryad yordamida urush boshlanganidan buyon eng yuqori martabali Isroil zobiti – polkovnik Ihsan Daksani yoʻq qildi. Zirhli mashina ichida boʻlgan boshqa zobitlar ogʻir yaralandi. Ihsan Daksaning millati druz boʻlib, yaqinda Gʻazodagi “muvaffaqiyatlari” uchun martabasi koʻtarilgandi.
Gʻazo
sektorining Jabaliya shahrida Izziddin al-Qassam brigadalari tomonidan tezkor
maʻʻlumot olish uchun hududga kelgan «Akevot Barzelʻ» zirhli tanklar brigadasi qoʻmondoni
polkovnik Ixsan Daksa ham boʻlgan tankni portlatib yubordi.
Portlamay
qolgan snaryadan tayyorlangan bomba portlashi natijasida urush boshlanganidan buyon
eng yuqori martabali Isroil zobiti oʻldi. Millati druz (shia oqimidan ajralib
chiqqan druizm diniga eʻʻtiqod qiluvchi arablar – Azon Global) boʻlgan Ixsan Daksa soʻnggi
ikki haftada qatliom markazi boʻlgan Jabaliya lageridagi amaliyotlarga rahbarlik
qilgan. Manbalarga koʻra, 500 dan ortiq falastinlikning oʻlimiga sabab boʻlgan Shifa
kasalxonasidagi qatliomlarda ham ishtirok etgan.
Polkovnik
druzlar jamoasidan boʻlgani sababli uning oʻlgani haqidagi maʻʻlumotlari tezda
ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Biroq yahudiy bosqinchilari qancha qurbon bergani va
yaradorlar haqidagi maʻʻlumotlarni xaspoʻshlashga ulgurdi.
Hozirda yahudiy
jamoatchiligi Daliyat al-Karmel shahri merini 401-zirhli brigada qoʻmondoni (oʻsha
shahardan boʻlgan) oʻldirilganini eʻʻlon qilgani uchun hibsga olishga chaqirmoqda.
Falastin
manbalariga koʻra, Daksa iyunʻ oyida Rafahda namoyishkorona tarzda brigada
qoʻmondoni (u 4 ta batalʻonni oʻz ichiga oladi) etib tayinlangan edi.
20
oktyabrʻ kuni, yaʻʻni lavozimga kelganidan atigi 4 oy oʻtgach, Al-Qassamning
brigadalari uni oʻldirishga muvaffaq boʻlishdi.