Rossiya Ukrainadagi Grodovka qishlogʻi nazoratga olinganini maʻʻlum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Grodovka qishlogʻi
nazoratga olinganini maʻʻlum qildi. New York Times tahlilida Ukraina qoʻshinlari Rossiya armiyasini ogʻir
janglarda imkon qadar charchatish maqsadida sekin-asta Donbass shaharlaridan chekinayotgani
taʻʻkidlanadi.
"Markaziy
qoʻshinlar guruhi boʻlinmalarining qatʻʻiy harakatlari natijasida Donetsk Xalq
Respublikasining Grodovka aholi punkti ozod qilindi", deyiladi Rossiya
Mudofaa vazirligining "maxsus harbiy operatsiya" ning borishi haqidagi
hisobotida.
Oʻtgan haftada Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi
nazoratida boʻlgan Ugledar shahri, soʻngra Ukrainaning Donetsk viloyatidagi Jelanne ikkinchi aholi
punkti nazoratga olingani haqida xabar bergan edi.
Ukraina qoʻshinlari Rossiya armiyasini ogʻir janglarda imkon
qadar charchatish maqsadida sekin-asta Donbass shaharlaridan chekinmoqda, biroq
bu taktika muvaffaqiyatli boʻladimi yo yoʻq — hozircha nomaʻʻlum, deb yozdi New
York Times Kievning harbiy strategiyasi tahlilida.