Foto: people.com.cn

Shu paytgacha faqat kinofilʻmlarda koʻrib, bilganimiz dahshatli yoki dramatik  sahnalar bugun haqiqiy hayotda yuz berayotgan, ekan diqqatimizni arzimas voqealarga qaratish insofdan boʻlmaydi. Bugun dunyo hukmronligini daʻʻvo qilayotgan kuchlar adolatni ikki xil standartlar asosida qoʻllashda davom etayotgani musulmonlarni uygʻonishga, xolislik bilan global hodisalarni tahlil etishga undaydi. Ayniqsa, asrimizda oddiy odamlarga nisbatan sodir etilayotgan urush jinoyatlariga Xalqaro jinoyat sudi va AQSh boshchiligidagi Gʻarb davlatlarining qanday munosabatda boʻlayotgani bizni qiziqtirishi kerak.

Gʻarbiy yarim sharning yuqori doiralarida yahudiy boʻlmaganlarga tegishli inson huquqlariga zid xatti-harakatlar tanqid qilinib, Isroil bosqinchilarining vahshiyliklariga koʻz yumilishi “adolat” tushunchasi ikki xil standartga koʻra talqin etilayotgani misolidir. Aslida, “adolat”ni xalqlarga nisbatan ikki xil qoʻllash adolatsizlik bilan tengdir.

Bugungi kunda Isroil kuchlarining Falastin, Livan, Suriya, Yaman, Eron va Misr fuqarolariga hamda Livan janubida joylashgan UNIFIL tinchlikparvar kuchlariga qarshi qurolli hujum uyushtirishining oʻzi jiddiy huquqbuzarlikdir.

Xalqaro jinoyat sudi (XJS) 2002 yilda aʻʻzo davlatlar buni xohlamagan taqdirda ham urush jinoyatlari, inson huquqlarining buzilishi, genotsid va tajovuzga qoʻl urganlarni jazoga tortish uchun tashkil etilgan. Ajabki, AQSh hukumati XJS qarorlariga qoʻshilish oʻrniga, uning butun dunyo boʻylab adolatni taʻʻminlash qobiliyatiga putur etkazish yoʻlini tanladi. Sionistlar zarariga biror qaror chiqargudek boʻlsa, tashkilotga sanktsiya qoʻllash hamda huquq himoyachilari va ularning oila aʻʻzolarini Qoʻshma Shtatlarga kiritmaslik bilan tahdid qildi.

“Al Jazeera” telekanali hisobotiga koʻra, XJSga nisbatan Isroilning yuqori martabali amaldorlarini hibsga olishga intilgani uchun AQSh hukumati tomonidan sanktsiya qoʻllash boʻyicha qonun qabul qilingan.

2023 yil 17 martda XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainadagi urush davrida bolalarni noqonuniy deportatsiya qilish va koʻchirish kabi harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topib, hibsga olishga order bergandi. Eʻʻtiborlisi shundaki, ushbu order Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy aʻʻzosi boʻlgan davlat rahbarini hibsga olish haqidagi birinchi buyruqdir.

2022 yil 16 martda AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “urush jinoyatchisi" deb atagan boʻlsa-da, Isroil bosh vaziri Netanʻyaxu Gʻazoda 42 ming begunoh falastinlikni, aksariyat ayollar va bolalarni oʻldirganiga qaramay, unga yordam va dalda berishda davom etmoqda. Katolik boʻlgan Bayden ikkiyuzlamachilik ogʻir gunoh ekanini bilishi tayin. Injilga koʻra, munofiqlik biror narsaga ishonaman deb daʻʻvo qilgan holda, ayni daʻʻvodan boshqacha harakat qilishni anglatadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda terror davlati askarlarining falastinliklarni qiynoqqa solayotgani, ularni yalangʻoch holda yurgizib, musulmonlar jasadlarini tomdan uloqtirayotgani va boshqa noinsoniy harakatlari aks etgan videotasvirlar tarqalmoqda. Yanada jirkanchlisi – ushbu videolarni sionist fashistlarining oʻzi internetga joylayapti.

Guvohlar Shimoliy Gʻazodagi Kamol Idvon shifoxonasida bundan ham dahshatliroq urush jinoyatlari sodir etilgani haqida xabar berishdi. U erda homilador ayollar tugʻuruqqa ketayotganda Isroil tanklari tomonidan bosib, yanchib ketilgan. Isroil harbiylarining sadistik xatti-harakatlariga jinoyatchi harbiy rahbarlar va vazirlar tomonidan ruxsat berilgan. Vahshiylar jazolanishi kerak edi, afsuski, ular AQShda qahramon sifatida koʻkka koʻtarilib, Netanyaxuning oʻzi singari AQSh Kongressida olqishlanyapti. Bu esa AQSh rahbarlarining ham qoʻllari falastinliklar qoniga botganini anglatadi.

Jumladan, AQSh hukumati Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi BMTning uchta rezolyutsiyasini bekor qildi va shu bilan urush, musibatlar va iztiroblar vaqtini uzaytirdi. AQSh hukumati oʻzining manfaatiga zid harakat qilgan, hatto Amerika fuqarosi boʻlmasa ham jinoyatchi deb topilgan shaxslarni qidirishga kuch va mablagʻ sarf etib kelyapti. Lekin sionistlarning musulmonlarga nisbatan genotsidini bevosita qoʻllab-quvvatlayapti.

Ikkinchi jahon urushidan soʻng Nyurnbergda yigirma bir nafar natsist harbiy jinoyatchisi ustidan sud jarayoni oʻtkazilgan edi. Ulardan oʻn bir nafari aybdor deb topilib, osib oʻldirishga hukm qilingan. Qolganlari 10 yildan tortib, to umrining oxirigacha qamoqqa hukm qilingan. Lekin bugungi kunda sionist fashistlari AQSh yoki xalqaro tashkilotlar tashabbusi bilan jazolanmayapti.

Yana bir holat, 1985 yilda Isroilning iltimosiga binoan, AQSh hukumati unga Ogayo shtatining Klivlend shahrida yashovchi 81 yoshli amerikalik fuqaro Jon Demjanjukni topshirdi. U “Treblinka” oʻlim lageridagi gaz kameralarini boshqarganlikda “ayblangan” edi.

Qizigʻi shundaki, AQSh hukumati va Isroil 76 yil davomida butun dunyo boʻylab natsistlarni qidirib kelgan boʻlsa-da, endi arablarga qarshi xuddi shunday urush jinoyatlarini sodir etayotgan yahudiy davlatini himoya qilmoqda va ularni qahramonlar sifatida ulugʻlamoqda. Bunday xatti-harakat uchun bosqinchilar jazolanishi kerak. Aks holda “xalqaro huquq himoyachisi” ekanini daʻʻvo qilayotgan “muruvvatli” mamlakatlar kelajakda qora nom bilan eslanishi tayin.

 

Mavzuga aloqador