06.08.2024 13:32
574

Britaniyada muhojir va musulmonlarga hujum qilgan oʻta oʻngchi namoyishchilar hibsga olindi

Britaniyaning Plimut shahrida muhojirlar va musulmonlarga qarshi tartibsizliklarni amalga oshirgan oʻta oʻng guruhning olti nafar aʻʻzosi qoʻlga olindi. Bu haqda “Anadolu” mahalliy politsiya bayonotiga tayanib xabar qildi.

Bayonotga koʻra, toʻqnashuvlar chogʻida irqchilikka qarshi parallelʻ namoyishda radikallarni ishtirokchilardan ajratib turgan politsiya xodimlari yaralangan.

Oʻta oʻnglar politsiyaga qarshi tosh, shisha va boshqa narsalarni uloqtirgan.

Britaniyada bir necha kundan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Namoyishlarning ilhomlantiruvchisi va tashkilotchisi “Ingliz oʻzini oʻzi himoya qilish ligasi” oʻta oʻngchi guruhi hisoblanadi.

Tartibsizliklarga 29 iyulʻ kuni Sautport shahrida ugandalik musulmon boʻlmagan oilaning 17 yoshli oʻgʻli pichoq bilan bolalar raqs toʻgaragiga hujum qilgani ortidan boshlanib ketdi. Mazkur hujum natijasida uch nafar bola qurbon boʻldi, yana sakkiz nafar bola jarohat oldi.

Oʻta oʻngchilar voqea haqida notoʻgʻri maʻʻlumotlar, jumladan, gumonlanuvchi musulmon davlatidan kelgan muhojir ekanligi haqidagi yolgʻon daʻʻvolarni tarqatishdi. Politsiya bu maʻʻlumotlarni inkor etishiga qaramay, namoyishlar davom etdi.

Namoyishlar chogʻida oʻta oʻngchi ekstremistlar Sanderlenddagi masjidga hujum qilib, politsiya boʻlimini yoqib yuborgan. Oʻng qanot radikallar mamlakatning boshqa shaharlaridagi masjidlar va musulmon markazlariga ham hujum qildi.

Mavzuga aloqador