Britaniyalik professor Devid Miller 2021 yilda sionizmni “irqchi, imperialistik va mustamlakachi” deb atab, u aparteid va etnik tozalashga olib kelishini aytgani uchun Bristol universitetidan ishdan boʻshatilgan edi. Britaniya bandlik tribunali professorni oqladi va diskriminatsiyaga qarshi qonunlar ostida sionizmga qarshi akademik erkinlik himoya qilinishi kerak degan qarorga keldi.

Britaniyaning bandlik tribunali “demokratik jamiyatda hurmat qilinishi kerak boʻlgan falsafiy qarashlar” sifatida diskriminatsiyaga qarshi qonunlar ostida sionizmga qarshi akademik erkinlik himoya qilinishi kerak degan qarorga keldi, deb yozadi Arab News.

Gap shundaki, siyosiy sotsiologiya fanidan dars bergan professor Devid Miller 2021 yilda sionizmni “irqchi, imperialistik va mustamlakachi” deb atagani hamda u aparteid va etnik tozalashga olib keladi, degani uchun Bristol universitetidan ishdan boʻshatilganidan keyin ish sudga oshgandi. Universitet rahbariyati bu gaplarni antisemitizmga tenglashtirib, oʻqituvchi bilan xayrlashgan.

Sud Millerning soʻzlarini qarama-qarshi deb atadi, ammo professor qonunga xilof ravishda kamsitilgan degan qarorga keldi.

“Koʻpchilik Millerning tarix va siyosat sohasidagi tahliliga asosli ravishda rozi boʻlmasa-da, boshqalar buning teskari fikriga ega boʻlishi mumkin. Biz u oʻz qarashlari “falsafiy qarashlar” deb baholanish mezonlariga javob berishini koʻrsatdi, deb hisoblaymiz”, — deya xulosa qildi sudʻya Rohan Pirani.

2019 yildagi maʻʻruzasida Miller sionizm islomofobiyaning asosi ekanligini taʻʻkidlagandi. Bu yahudiy talabalarning jahlini chiqargan va ular oʻqituvchi ustidan rektorlikka shikoyat qilgandi.

Mavzuga aloqador