Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 263 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Magʻozi va Nuseyrat lagerlarida qirgʻinlar uyushtirdi, Xon Yunus va Rafahga hujum qildi, oʻnlab odamlarni oʻldirdi. Urush boshlanganidan buyon shahid boʻlganlar soni 36 627 kishiga etdi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Nablus va Ramallohga bostirib kirishdi. 30 dan ortiq falastinlik hibsga olindi. 12 yoshli Muhammad Hoshiya ismli bola oʻldirilgan. Sionistlar futbol mashgʻulotlaridan qaytayotgan Muhammadning qorniga qarata oʻq uzgan.

▪️Bosqinchi tanklar YuNRVAning koʻchirilganlar joylashgan ikkita maktabiga, Plyaj lagerida va Gʻazo markazida oʻt ochdi.

▪️Al-Quds brigadalari Ashkelon, Sderot va Milsimga hujum qildi.

▪️Iroq qarshilik kuchlari Hayfadagi harbiy bazaga hujum qildi.

▪️Turkiya ommaviy axborot vositalari: Isroil Netanʻyaxu va Gallantni hibsga olishga order berilishi uchun Xalqaro jinoiy sudga tayyorlanyapti.

▪️HAMAS etakchisi Ismoil Xoniyaning singlisi Gʻazo gʻarbidagi Beach lageriga uyushtirilgan hujum payti shahid boʻldi. Bosqinchilar Xoniyaning 60 dan ortiq qarindoshlarini, jumladan, 3 oʻgʻli va nevaralarini oʻldirishdi.

Mavzuga aloqador