muhojirlar
Tramp noqonuniy muhojirlarni Guantanamoga yubormoqchi
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Kubadagi Guantanamo harbiy-dengiz bazasini mamlakatda noqonuniy boʻlib turgan «alohida muhim xorijlik jinoyatchilar»ni saqlash uchun kengaytirish haqida farmon imzoladi. Uning aytishicha, bu markaz 30 ming nafargacha muhojirni qabul qila oladi.
Davomini o'qish...30931.01.2025 11:00Rossiya politsiyasi migrantlarning uylariga ruxsatsiz kirish huquqiga ega boʻldi
Rossiyada migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirish choralari doirasida politsiya xodimlariga deportatsiya rejimi ostidagi xorijliklar yashaydigan uylar va boshqa binolarga ruxsatsiz kirish huquqi beriladi. Yangi tartib 5 martdan kuchga kiradi.
Davomini o'qish...49802.01.2025 14:32Tramp tartibsiz muhojirlar ommaviy chiqarib yuborilishi haqidagi xabarni tasdiqladi
AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp mamlakatdagi tartibsiz muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish uchun milliy favqulodda holat eʻʻlon qilish va bunda harbiylardan foydalanilishini tasdiqladi.
Davomini o'qish...36319.11.2024 09:30Saudiya Arabistonida noqonuniy migratsiyaga qarshi reydlar boʻlib oʻtdi
Saudiya Arabistonida noqonuniy muhojirlarga qarshi reydlar boʻlib oʻtdi. 1569 kishi Saudiya Arabistoni chegarasini noqonuniy kesib oʻtishga uringani, ulardan 24 foizi Yaman, 73 foizi Efiopiya va 3 foizi boshqa davlatlar fuqarolari ekani maʻʻlum qilindi.
Davomini o'qish...55011.11.2024 16:22Rossiyada noqonuniy migratsiya oʻta ogʻir jinoyatlar darajasiga koʻtarildi
Rossiya parlamenti noqonuniy migratsiya tashkil etish faoliyatini oʻta ogʻir jinoyatlar darajasiga koʻtarish hamda ushbu qilmishlar uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlashni koʻzda tutgan qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, rossiyalik bilan turmush qurgan chet elliklar uchun yashash guvohnomasini olish muddati 3 yilga uzaytirildi.
Davomini o'qish...75230.10.2024 08:29Rossiya muhojirlarni rekord tezlikda chiqarib yubormoqda
2024 yilning birinchi olti oyida Rossiya sudlari 85,8 ming muhojirni chiqarib yuborishga qaror qildi, bu 2022 yildagi barcha koʻrsatkichlardan oshib ketdi. Sudlar tomonidan muhojirlarga solinadigan jarimalar miqdori ham ortib bormoqda. 2024 yilning birinchi olti oyida xorijliklar 590 million rublʻ (6,1 mln dollardan ziyodroq) miqdorida jarimaga tortilgan. Bu butun 2023 yil bilan deyarli teng.
Davomini o'qish...100922.10.2024 10:33Litva markaziy osiyolik muhojirlar soni ortayotganidan xavotirda
Oxirgi uch yil ichida Litvaga kelayotgan markaziy osiyolik muhojirlar soni 14 barobar oshdi. Litva Davlat xavfsizlik departamenti rahbari Daryus Yaunishkis hozircha jiddiy xavotirlar uchun asoslar yoʻqligi, biroq Gʻarbga qarshi kayfiyat kuchayotganini taʻʻkidladi.
Davomini o'qish...82418.10.2024 14:38Tojikiston muhojirlar huquqlari poymol etilayotgani yuzasidan Rossiyaga talabnoma yubordi
Tojikiston Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Umid Bobozoda rossiyalik hamkasbi Tatʻyana Moskalʻkovaga Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning huquqlari poymol etilayotgani yuzasidan xavotir bildirilgan talabnoma yubordi. U Rossiyada noqonuniy muhojirlarga qarshi reyslarda mamlakati fuqarolariga nisbatan qoʻpollik, kaltaklash, haqorat kabi taqiqlangan usullar qoʻllanilayotganiga norozilik bildirdi.
Davomini o'qish...75016.10.2024 11:44Ispaniyaning Afrikadagi qismiga noqonuniy kirishga urinishning oldi olindi
Ispaniyaning Afrikadagi qismi – Seuta anklaviga minglab muhojirlar noqonuniy kirish uchun tartibsizlik uyushtirdi. Marokash politsiyasi ularga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻlladi, 150 dan ortiq kishi noqonuniy migratsiyaga chaqiriqlari uchun qoʻlga olindi.
Davomini o'qish...89220.09.2024 08:50Shvetsiya muhojirlarga ketishlari uchun 34 ming dollargacha toʻlamoqchi
Shvetsiya hukumati mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etishga rozi boʻlgan muhojirlarga 34 ming dollargacha miqdorda pul toʻlashni rejalashtirmoqda. Boshqa Evropa davlatlari ham muhojirlarning vatanga qaytishi uchun grantlar taklif qilmoqda. Jumladan, Daniya kishi boshiga 15 ming dollardan koʻproq toʻlaydi, Norvegiyada taxminan 1400 dollar, Frantsiyada 2800 dollar va Germaniyada 2000 dollar.
Davomini o'qish...142113.09.2024 16:10