Tojikiston muhojirlar huquqlari poymol etilayotgani yuzasidan Rossiyaga talabnoma yubordi
Tojikiston Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Umid Bobozoda rossiyalik hamkasbi Tatʻyana Moskalʻkovaga Rossiyada mehnat qilayotgan migrantlarning huquqlari poymol etilayotgani yuzasidan xavotir bildirilgan talabnoma yubordi.
«OAV va
ijtimoiy tarmoqlar xabarlaridan maʻʻlum boʻlishicha, ayni paytda Rossiya Federatsiyasi
hududida mehnat muhojirlarining hujjatlari qonuniyligi tekshirilmoqda. Ijtimoiy
tarmoqlarda eʻʻlon qilingan videomateriallarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar
xodimlari muhojirlarga nisbatan qoʻpollik, kaltaklash, haqorat kabi taqiqlangan
usullarni qoʻllayotganini koʻrish mumkin. Biz muhojirlarning huquq va
erkinliklari buzilayotganidan xavotirdamiz», – deyiladi talabnomada.
Bobozoda,
shuningdek, tojikistonliklar, xususan, davlat xizmatchilari, talabalar,
keksalar, ayollar va bolalar Rossiya chegarasida uzoq vaqt hibsda qolayotgani,
ularga zarur
shart-sharoitlar yaratib
berilmayotganini ham tanqid qilgan.
Tojikiston
ombudsmani rossiyalik hamkasbiga oʻz mamlakati fuqarolarining haq-huquqlariga
rioya etish muhimligini eslatib, bu kabi holatlarni monitoring qilishda koʻmak
soʻragan.
5 oktyabrda
ham Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Marat
Xusnullin bilan uchrashuvda Rossiyada tojikistonliklarning asosiy huquq va
erkinliklar buzilayotgani masalasini koʻtargandi.
«Rossiyada
migratsiya sohasini tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar davomida
fuqarolarimizning asosiy huquq va erkinliklarining keng miqyosda buzilishi
tendentsiyasidan xavotirga tushmaslik mumkin emas», – degan Rasulzoda.
10 oktyabrʻ kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon esa Rossiya Federatsiya kengashi spikeri
Valentina Matvienko bilan
uchrashuvda mehnat migratsiyasi masalalarini muhokama qildi.
Qayd etish
joizki, Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll»da roʻy bergan qoʻporuvchilik harakatidan soʻng Rossiyada
nafaqat Tojikiston, balki butun Markaziy Osiyodan borgan mehnat muhojirlariga
nisbatan siyosat qattiqlashdi.