Litva markaziy osiyolik muhojirlar soni ortayotganidan xavotirda
Oxirgi uch yil ichida Litvaga kelayotgan markaziy osiyolik muhojirlar soni 14 barobar oshdi. Litva Davlat xavfsizlik departamenti rahbari Daryus Yaunishkis hozircha jiddiy xavotirlar uchun asoslar yoʻqligi, biroq Gʻarbga qarshi kayfiyat kuchayotganini taʻʻkidladi.
Oxirgi uch
yil ichida Litvaga kelayotgan markaziy osiyolik muhojirlar soni 14 barobar oshdi. Litva
Davlat xavfsizlik departamenti rahbari Darius Yauniskis uning boʻlimi barcha
sayohatchilarni tekshira olmasligi,
bu holat aksilrazvedka
va terrorizmga qarshi kurash sohasida qoʻshimcha xavf tugʻdirishini maʻʻlum qildi. Hozircha jiddiy xavotirlar
uchun asoslar yoʻq, ammo Gʻarbga qarshi kayfiyat kuchaymoqda, dedi u LRT.lt saytiga
bergan intervʻyusida.
Jauniskisning
qoʻshimcha qilishicha, soʻnggi ikki yil ichida razvedka xizmatlari terrorchilik
tashkilotlariga aloqador toʻrt nafar xorijlikni aniqlagan. Ularga yashash uchun
ruxsatnoma berishni rad etish va Litvaga kirishni taqiqlash tavsiya qilingan.
Litva bosh
vaziri Ingrida Shimonite uning bayonotiga javob qaytardi va Markaziy Osiyodan
migratsiya kuchayganiga qaramay, uning koʻlami ahamiyatsizligicha qolayotganini
taʻʻkidladi. Uning qoʻshimcha qilishicha, yil boshidan buyon atigi bir necha yuz
nafar chet el fuqarolari Litvada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olgan.
“Muammolar paydo boʻldi, ammo ular yangi qonunlar tufayli
qisman hal qilindi. Ishonchim komilki, 2025 yilda kuchga kiradigan uchinchi
davlatlardan ishchilar uchun kvotalar joriy etilishi bilan biz bu masalani yanada
tartibga solishimiz mumkin”, — deya taʻʻkidladi Shimonite.
Migratsiya departamenti maʻʻlumotlariga koʻra, 1 oktyabrʻ holatida Litvada 10,6 ming nafar
Oʻzbekiston fuqarosi istiqomat qilayotgan boʻlsa, yil boshida bu koʻrsatkich 8,2 ming, 2022 yilda esa 998
nafar boʻlgan. Tojikiston fuqarolari soni ham oshib, yil boshida 5,7 ming kishi
boʻlgan boʻlsa, 7,2 ming kishiga etdi.
Oʻzbekiston va Tojikiston hozirda Litvada muhojirlar soni
boʻyicha Ukraina (77,5 ming), Belarus (61,3 ming) va Rossiyadan (15,3 ming) keyin
toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarni egallab turibdi. Umuman olganda, mamlakatda yashash
uchun ruxsatnomaga ega 222 mingga yaqin xorijlik bor.