19.11.2024 09:30
365

Tramp tartibsiz muhojirlar ommaviy chiqarib yuborilishi haqidagi xabarni tasdiqladi



AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp mamlakatdagi tartibsiz muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish uchun milliy favqulodda holat eʻʻlon qilish va bunda harbiylardan foydalanilishini tasdiqladi.
Tramp Truth ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida bu boradagi xabarlarni bir soʻz bilan tasdiqladi.
Tramp oʻzini belgilagan va xabarni baham koʻrgan shaxsga «Toʻgʻri» deb javob berdi. Xabarda Tramp maʻʻmuriyati milliy favqulodda holat eʻʻlon qilishga tayyorlanayotgani, muhojirlarni ommaviy ravishda mamlakatdan chiqarib yuborish uchun harbiylardan foydalanish tilga olingan.
5 noyabrda boʻlib oʻtgan 2024 yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasi chogʻida Donalʻd Tramp XVIII asrda qabul qilingan hamda AQSh bilan urush holatida boʻlgan mamlakatlardan kelgan 14 yoshdan oshgan barchani ushlab, mamlakatdan chiqarib yuborishni koʻzda tutgan “Begona dushmanlar toʻgʻrisida”gi qonundan foydalangan holda noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilishga vaʻʻda bergan edi.
Boshqa tomondan, Mudofaa vazirligi yillar davomida Milliy gvardiya orqali tartibsiz muhojirlarga qarshi chegara xavfsizligi missiyalarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Shu bilan birga, Tramp tomonidan bildirilgan ommaviy deportatsiya rejalari bilan bogʻliq mumkin boʻlgan huquqiy, logistika va byudjet cheklovlari haqida hali ham javobsiz savollar borligi taʻʻkidlanmoqda.

Mavzuga aloqador