kamala Xarris
Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi: AQSh siyosatida oʻzgarish boʻladimi?
AQShning 46- va amaldagi prezidenti Jo Bayden joriy yilning noyabrʻ oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarda ishtirok etmasligini maʻʻlum qildi. 81 yoshli Bayden oʻrniga demokratlar partiyasidan Kamala Xarris nomzodini ilgari surishini bildirdi. AQShda prezidentlarning almashishi siyosatning oʻzgarishiga sababchi boʻladimi – nuqtai nazar.
Davomini o'qish...22.07.2024 08:20Kamala Xarris musulmonlar orasidagi obroʻsini yaxshilashga harakat qilmoqda
AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarrisning saylov kampaniyasi musulmon va arab saylovchilar bilan ishlash uchun maslahatchi yolladi. U avval Oq uy xodimlarida musulmonlar, arablar va Gʻazo bilan bogʻliq masalalar, shuningdek, reproduktiv huquqlar, ovoz berish va demokratiya masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlagan Nasrina Bargzi boʻldi.
Davomini o'qish...15.08.2024 17:27Tramp Isroil hududini kengaytirish haqida bosh qotirishini maʻʻlum qildi
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donalʻd Tramp payshanba kuni antisemitizmga qarshi kurash boʻyicha oʻtkazilgan tadbirda nutq soʻzladi. Tramp oʻz nutqi davomida Falastin tarafdori namoyishchilarni «kallakesarlar» deb atadi, yahudiyga turmushga chiqqan Kamala Xarrisni “Isroil va yahudiylarni yoʻq qilmoqchi boʻlgan kuchlar nomzodi” dedi va Isroil hududining kengayishi haqida oʻylashini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...16.08.2024 15:34AQSh Demokratik partiyasi qurultoyida namozxona tashkil etildi
Chikagodagi United Center sport majmuasida boʻlib oʻtgan Demokratlar partiyasi qurultoyida islom diniga eʻʻtiqod qiluvchi delegat va mehmonlar uchun namozxona tashki etildi. Ushbu qurultoyda Kamala Xarris boʻlajak prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasidan nomzod sifatida rasman tasdiqlandi.
Davomini o'qish...21.08.2024 16:33Filadelʻfiyada Tramp va Xarris debati boʻlib oʻtdi
Filadelʻfiyada AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlar Donalʻd Tramp va Kamala Xarris oʻrtasida birinchi debat boʻlib oʻtdi. Xarris Trampni Amerikani «sotganlikda» aybladi, Tramp esa Xarris gʻalaba qozonsa, mamlakat ikkinchi Venesuelaga aylanishini bashorat qildi. Debat chogʻida iqtisodiyot, tashqi siyosat va milliy xavfsizlik kabi muhim siyosiy masalalar atrofida keskin munozara avj oldi.
Davomini o'qish...11.09.2024 11:30Amerikalik saylovchilarning boshi qotgan: Trampmi yoki Xarris?
Ayni paytda amerikaliklar qiyin tanlov qarshisida turishibdi. Saylov jarayonida koʻpchilik musulmonlar “ikki yomondan biri”ni tanlashga majbur boʻlishyapti. Baʻʻzi faollar saylovchilarni Gʻazodagi genotsidni qoʻllayotgani uchun ikki nomzod – respublikachilardan Donalʻd Tramp va uning raqibi demokratlardan Kamala Xarrisga ovoz bermaslik, aksincha “Yashillar” partiyasi nomzodini qoʻllab-quvvatlashga chaqirishyapti. Bugungi kunda inglizzabon musulmon faollarining ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida ushbu fikrni ilgari surayotganlarini kuzatishimiz mumkin. Xoʻsh, nima uchun AQSh aholisining katta qismi respublikachilar va demokratlar nomzodga ovoz berishni istamayapti va boshqalarni ham shunga undamoqda?
Davomini o'qish...02.11.2024 11:10