02.11.2024 11:10

Amerikalik saylovchilarning boshi qotgan: Trampmi yoki Xarris?

Ayni paytda amerikaliklar qiyin tanlov qarshisida turishibdi. Saylov jarayonida koʻpchilik musulmonlar “ikki yomondan biri”ni tanlashga majbur boʻlishyapti. Baʻʻzi faollar saylovchilarni Gʻazodagi genotsidni qoʻllayotgani uchun ikki nomzod –  respublikachilardan Donalʻd Tramp va uning raqibi demokratlardan Kamala Xarrisga ovoz bermaslik, aksincha “Yashillar” partiyasi nomzodini qoʻllab-quvvatlashga chaqirishyapti. Bugungi kunda inglizzabon musulmon faollarining ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida ushbu fikrni ilgari surayotganlarini kuzatishimiz mumkin. Xoʻsh, nima uchun AQSh aholisining katta qismi respublikachilar va demokratlar nomzodga ovoz berishni istamayapti va boshqalarni ham shunga undamoqda?

AQShdagi saylovlarda bunday voqealarning yuz berishi yangilik emas. Tarixga nazar tashlasak ham amerikaliklarning bu borada maʻʻlum qiyinchiliklarga duch kelganini tushunamiz. Donalʻd Tramp bilan Kamala Xarris oʻrtasidagi hozirgi raqobat buning davomi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Koʻpchilikning fikricha, AQSh tashqi siyosati, ayniqsa urush va tinchlik masalalari prezidentni tanlashda eng muhim mezon boʻlishi kerak. Fuqarolik erkinliklariga hurmat esa ikkinchi oʻrinda turishi lozim. Ushbu mezonlar inobatga olinsa, Tramp ham, Xarris ham yuqori koʻrsatkichlarga ega emas.

Koʻplab realizm va murosa tarafdorlari esa hanuzgacha Tramp kelgusida oqilona va ehtiyotkor tashqi siyosat yuritadi, degan xomxayollariga ergashadi. Tramp 2016 yilgi saylovlarda Jorj Bush va Barak Obamaning uchinchi dunyo mamlakatlarini toʻlaqonli boshqarish harakatlarini tanqid qilgani uchun ham oʻzi haqida bu kabi tasavvurlarni shakllantirgan boʻlsa ajab emas. Prezidentlik davrida esa Trampning tashqi siyosati hamkasblarinikidan deyarli farq qilmasligi maʻʻlum boʻldi. Balki Eron va Xitoyga nisbatan uning pozitsiyasi yanada keskinroq boʻldi, desak toʻgʻriroq boʻladi. Masalan, Tramp oʻz maʻʻmuriyati tomonidan Eron generali Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishini katta gʻurur bilan taʻʻkidladi.

Bundan tashqari, Demokratik partiya va uning ommaviy axborot vositalaridagi ittifoqchilari sobiq prezidentni Rossiya etakchisi Vladimir Putinning qoʻgʻirchogʻi sifatida tasvirlashiga qaramay, AQShning Rossiyaga nisbatan siyosati Tramp Oq uydaligida yanada keskinlashdi.

Biroq Xarrisning muloyimroq tashqi siyosat yuritishiga umid qilayotganlar Trampni qoʻllab-quvvatlovchi realizm va vazminlik tarafdorlaridan ham koʻproq “sodda”lik qilayotgan boʻlishlari mumkin. Axir, u Falastin va Ukrainadagi qonli urushni dastaklayotgan maʻʻmuriyatning ikkinchi shaxsi emasmi!? Bu jarayonda Vashington Evropa Ittifoqi iqtisodiyotini zaiflashtirdi va NATOning Rossiyaga qarshi kampaniyasiga qoʻshilishni rad etgan kuchlarga qarshi chiqdi. Ayniqsa, Bayden maʻʻmuriyatining Isroilning falastinliklarga nisbatan genotsid urushida toʻliq sheriklik qilishi AQShning dunyodagi obroʻsiga jiddiy putur etkazdi.

Shuningdek, Xarris avvalroq Trampni hatto Putin, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In yoki boshqa avtokratlar bilan suhbatlashishga tayyorligi uchun qoralagandi. Vaholanki, hatto Sovuq urushning eng ogʻir nuqtasida ham AQSh rahbarlari Sovet rasmiylari bilan muzokaralar olib borishgan. Bugungi kunda bir qator katta inqirozlar (jumladan, Koreya yarim orolidagi keskinlik) AQShning muzokaralardan bosh tortishi sabab keskin tus olishi mumkin.

Bundan ham tashvishlanarlisi shundaki, Xarris siyosiy tanqidchilarni, ayniqsa tashqi siyosat tanqidchilarini taʻʻqib qilish va ovozini oʻchirishga koʻp kuch sarflagan maʻʻmuriyat vakili sanaladi. Baʻʻzida bu harakatlar ochiqchasiga va qoʻpol ravishda amalga oshirilgan.

Har qanday holatda ham, Bayden-Xarris maʻʻmuriyati davrida munozaralar va qarshi fikrlar ustidan 1950 yillarda senator Jo Makkarti davridan beri kuzatilmagan darajada sovuq munosabat oʻrnatildi.

Tramp esa oʻzining avtoritar mayllarini ochiqdan ochiq namoyon etyapti. U oʻziga qarshi bir qator sud ishlarini uyushtirgan siyosiy raqiblaridan oʻch olishini yashirmayapti. Bir safar Tramp hatto siyosiy kun tartibining muhim qismlarini amalga oshirish uchun bir kunlik diktator boʻlishga ham tayyorligini  aytgandi.

Shunday qilib, joriy yilda saylovchilarni qiyin tanlov kutmoqda. Ayniqsa, Tramp yoki Xarrisning qay biri tashqi siyosatda tinchlikni va ichki siyosatda fuqarolar erkinligini taʻʻminlashini prognoz qilish ogʻir masala.

 

Mavzuga aloqador