ikki tepalik standarti
- The New York Times jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” soʻzlarini ishlatmaslik topshirildi- AQShning The New York Times gazetasi Isroilning Gʻazoda olib borayotgan urushini yoritayotgan jurnalistlariga “genotsid” va “etnik tozalash” atamalarini ishlatishni cheklash hamda Falastinga nisbatan “bosib olingan hudud” iborasini ishlatmaslikni topshirdi. Shuningdek, “Falastin” soʻzini kamroq ishlatish va “qochqinlar chodirgohi” atamalaridan qochish ham buyurildi. Davomini o'qish...225416.04.2024 14:54
- Hindiston rohinja qochqinlarini deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda- Hindistonda mʻyanmalik rohinja qochqinlari deportatsiya xavfiga duch kelishmoqda. 8 mart kuni Hindiston shimoli-sharqidagi Manipur shtati hukumati rohinja qochqinlarini deportatsiya qilish haqida buyruq berdi. Shtat gubernatori Biren Singx ijtimoiy tarmoqlarda uning hukumati “Hindistonga noqonuniy kirgan” qochqinlarning sakkiz kishilik birinchi guruhi deportatsiya qilinishini bildirdi. Mʻyanma hukumati bu borada Hindiston bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgach, deportatsiya jarayoni toʻxtatildi. Biroq rohinjalar bu vaqtinchalik muammo, deb qoʻrqishmoqda. Davomini o'qish...228328.03.2024 12:29
- Belʻgiyada kontslagerlardagi yahudiylar ustidan kulgan sobiq deputat qamaldi- Belʻgiya parlamentining sobiq deputati, oʻta oʻngchi Dris Van Langenxove yahudiylarga qarshi “nafrat va irqchilikni qoʻzgʻatish” aybi bilan bir yil muddatga qamaldi. U oʻzi tashkil etgan yoshlar harakati xabarlashuv guruhiga fashistlar ramzi (svastika) boʻlgan va kontslagerlardagi yahudiylar ustidan kulingan video va fotosuratlar joylashtirilgani uchun aybdor deb topildi. Davomini o'qish...272513.03.2024 09:45
- UEFA bosh kotibi Isroil futbol musobaqalaridan chetlashtirilmasligini bildirdi- UEFA bosh kotibi Teodor Teodoridis Isroil xuddi Rossiya singari futbol musobaqalaridan chetlashtiriladimi, degan savolga: “Isroil va Rossiyaning pozitsiyasi boshqa-boshqa. Isroil turnirlardan chetlashtirilmaydi”, ‑ deya javob berdi Davomini o'qish...220609.02.2024 08:20
- Ozarbayjon delegatsiyasi Evropa Kengali Parlament assambleyasidagi faoliyatini toʻxtatdi- Ozarbayjonning Evropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE)dagi delegatsiyasi tuzilmadagi faoliyatini toʻxtatdi. “Dunyoda hech kim, shu jumladan, bu xonada oʻtirganlar ham Ozarbayjon bilan tahdid va shantaj tilida gapira olmaydi. PACE tarixida hech qachon bu tashkilot oʻzini bunday uyatsiz tutmagan. Evropa Parlament Assambleyasida vujudga kelgan chidab boʻlmas irqchilik, ozarbayjonofobiya va islomofobiya muhitiga qaramasdan, Ozarbayjon delegatsiyasi keyingi xabarnomaga qadar Evropa Parlament Assambleyasidagi oʻzaro hamkorligi va ishtirokini toʻxtatishga qaror qildi”, — deyiladi Ozarbayjon delegatsiyasi bayonotida. Davomini o'qish...220725.01.2024 07:20





