28.03.2024 12:29

Hindiston rohinja qochqinlarini deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda

Myanmadan kelgan rohinja qochqinlari Hindistonda deportatsiya qilinish xavfiga duch kelishmoqda. 8 mart kuni Hindiston shimoli-sharqidagi Manipur shtati hukumati rohinjalik qochqinlarni deportatsiya qilish haqida buyruq berdi. Shtat gubernatori Biren Singx ijtimoiy tarmoqlarda uning hukumati “Hindistonga noqonuniy kirgan” sakkiz nafar qochqinning birinchi guruhini deportatsiya qilganini aytdi.

Myanma rasmiylari bu borada Hindiston bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgach, deportatsiya toʻxtatildi. Biroq rohinjalar bu vaqtinchalik muammo, deb qoʻrqishmoqda.

Eʻʻtiborli jihati shundaki, Manipur hukumati rohinjalarga qarshi kurash boshlaganidan uch kun oʻtib, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hukumati qoʻshni davlatlardan taʻʻqibga uchragan ozchiliklarga Hindiston fuqaroligini berishni koʻzda tutgan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Biroq hujjat faqatgina 2015 yilgacha Pokiston, Bangladesh va Afgʻonistondan Hindistonga kelgan va diniy taʻʻqiblarga uchragan olti diniy ozchilik - hindular, sikxlar, buddistlar, jaynlar, parsislar va nasroniylarga fuqarolik beradi.

Hujjat imkoniyatlaridan foydalanuvchilar roʻyxatiga oʻz vatanlarida zoʻravonlikka uchragan musulmon jamoalar, jumladan, Pokistondagi Ahmadiya jamoati aʻʻzolari, Afgʻonistondagi shia hazoralari yoki Mʻyanmadagi rohinjalar kiritilmagan.

“Biz ham, fuqarolik beriladigan yana uch davlat fuqarolari kabi diniy taʻʻqiblar qurbonimiz. Buddistlar hukmron boʻlgan Mʻyanmada ham biz ozchilikmiz. Ammo Hindiston hukumati bizdan faqat musulmon boʻlganimiz uchun tashvishlanayotgani yoʻq”, — deya rohinjalik faollardan iqtibos keltirdi !Al-Jazira!.

Rohinjalar Mʻyanmadagi asosiy musulmon etnik ozchilikdir. Mamlakat hukumati ularni fuqarolikdan va asosiy huquqlardan mahrum qilgan.

2017 yilda mamlakat hukumati “genotsid niyati” bilan harbiy kampaniya boshlaganidan keyin 750 mingdan ortiq rohinja Mʻyanmani tark etishga majbur boʻlgan. Rohinjalar asosan Bangladesh janubidagi qirgʻoqlarga koʻchib oʻtdi va bu mintaqani dunyodagi eng katta qochqinlar lageriga aylantirdi. Koʻpchilik qoʻshni Hindistonga ham qochib ketdi.

BMT Qochqinlar boʻyicha Oliy Komissarligi maʻʻlumotlariga koʻra, Hindistonda Mʻyanmadan kelgan qariyb 79 ming qochqin, jumladan, rohinjalar yashaydi, ularning 22 mingga yaqini BMT qochqinlar agentligida roʻyxatdan oʻtgan.

Hindiston qochqinlarning huquqlari va davlatning ularga nisbatan majburiyatlarini belgilab beruvchi 1951 yilgi BMTning Qochqinlar boʻyicha konventsiyasini imzolagan emas. Mamlakatda qochqinlarni himoya qiluvchi qonun ham mavjud emas. Tanqidchilar Modi hukumatidan taʻʻqibga uchragan musulmon ozchiliklarni fuqarolik toʻgʻrisidagi qonundan chiqarib tashlagani uchun gʻazablanib, bu qonunni musulmonlarga qarshi stereotiplarni targʻib qilishga qaratilgan ikki tomonlama standart deb atadi.

Tanqidchilar buni Hindistonda kelasi oyda boshlanadigan umumiy saylovlar bilan bogʻliq, deydi. Oʻtgan hafta hukumat Oliy sudga rohinjalarning Hindistonda yashashga asosiy huquqi yoʻqligini maʻʻlum qildi. Sudʻya Kolin Gonsalves hukumatning pozitsiyasini qoraladi va deportatsiyalarni toʻxtatishni chaqirdi.

Mavzuga aloqador