25.01.2024 07:20

Ozarbayjon delegatsiyasi Evropa Kengali Parlament assambleyasidagi faoliyatini toʻxtatdi

Ozarbayjonning Evropa Kengashi Parlament Assambleyasi (PACE)dagi delegatsiyasi tuzilmadagi faoliyatini toʻxtatdi. “Dunyoda hech kim, shu jumladan, bu xonada oʻtirganlar ham Ozarbayjon bilan tahdid va shantaj tilida gapira olmaydi. PACE tarixida hech qachon bu tashkilot oʻzini bunday uyatsiz tutmagan. Evropa Parlament Assambleyasida vujudga kelgan chidab boʻlmas irqchilik, ozarbayjonofobiya va islomofobiya muhitiga qaramasdan, Ozarbayjon delegatsiyasi keyingi xabarnomaga qadar Evropa Parlament Assambleyasidagi oʻzaro hamkorligi va ishtirokini toʻxtatishga qaror qildi”, — deyiladi Ozarbayjon delegatsiyasi bayonotida.

Delegatsiya bayonotida taʻʻkidlanishicha, 2001 yildan 2020 yilgacha boʻlgan oʻn toʻqqiz yil davomida PACE tajovuzkor davlat Armanistonni Evropa Kengashining asosiy qadriyatlari va tamoyillariga zid boʻlgan harakatlari uchun javobgarlikka torta olmadi. Xususan, bu etnik tozalashga uchragan ozarbayjonlik qochqinlar va ichki koʻchirilganlarning inson huquqlariga ochiqdan-ochiq eʻʻtiborsizlik bilan bogʻliq.

“Ozarbayjonning tajovuz, bosqinchilik va zoʻravon separatizm ustidan qozongan tarixiy gʻalabasi, shuningdek, uning hududiy yaxlitligi va suvereniteti tiklanganidan soʻng biz Ozarbayjonni qoralash, respublikaning ozarbayjonliklarga uzoq muddat rad etib kelingan adolatni tiklash borasidagi yutuqlariga soya soladigan uyushtirilgan tuhmat kampaniyasiga duch keldik. Qariyb yigirma yil davomida Ozarbayjon delegatsiyasi arman bosqinining ogʻir oqibatlari toʻgʻrisidagi masalani koʻtarganida, bizga PACE mojarolar bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun mos format emasligini aytishdi. Ammo hozir oʻsha PACE va oʻsha deputatlar buning teskarisini aytishmoqda va Ozarbayjonga hujum qilish uchun birorta ham imkoniyatni qoʻldan boy bermayapti”, - deyiladi bayonotda.

Bayonotda qayd etilishicha, xalqaro huquqning tanlab talqin qilinishi, davlatlarning hududiy yaxlitligi va suvereniteti bilan bogʻliq masalalarga turlicha munosabatda boʻlishi ushbu sharmandali taklif mualliflarining beadab va ikkiyuzlamachilik xarakteridan dalolat beradi.

Afsuski, PACE baʻʻzi aʻʻzo davlatlarga hujum qilish uchun platforma sifatida ishlatiladi. PACEning asosiy tamoyillaridan maʻʻlum bir tarafkash guruhlar oʻzlarining tor manfaatlarini ilgari surish uchun foydalanadi. Siyosiy korruptsiya, diskriminatsiya, etnik va diniy adovat, ikki tomonlama standartlar, takabburlik va shovinizm PACEda keng tarqalgan amaliyotga aylandi.

Ozarbayjon delegatsiyasining fikricha, Ozarbayjon delegatsiyasining Evropa Parlament Assambleyasidagi vakolatlariga qarshi chiqish tashabbusi ushbu yovuz kampaniyaning bir qismidir.

Ozarbayjon parlamentariylarining fikricha, bu tashabbus Ozarbayjonda davom etayotgan saylov jarayoniga asossiz ravishda aralashishga qasddan qilingan hamda nomaqbul urinish va mamlakatdagi demokratik institutlar faoliyatiga putur etkazish boʻyicha makkorona harakatlarning yaqqol namunasidir.

Bayonotda aytilishicha, delegatsiya vakolatlarini ratifikatsiya qilishni rad etish taklifi butun Evropa Kengashining nufuzi va xolisligiga jiddiy zarba boʻladi hamda uning jiddiy va qaytarilmas oqibatlari uchun javobgarlik butunlay uning tashabbuskorlariga yuklanadi.

“Dunyoda hech kim, shu jumladan, bu xonada oʻtirganlar ham Ozarbayjon bilan tahdid va shantaj tilida gapira olmaydi. PACE tarixida hech qachon bu tashkilot oʻzini bunday uyatsiz tutmagan. Evropa Parlament Assambleyasida vujudga kelgan chidab boʻlmas irqchilik, ozarbayjonofobiya va islomofobiya muhitiga qaramasdan, Ozarbayjon delegatsiyasi keyingi xabarnomaga qadar Evropa Parlament Assambleyasidagi oʻzaro hamkorligi va ishtirokini toʻxtatishga qaror qildi”, — deyiladi Ozarbayjon delegatsiyasi bayonotida.

Bayonot oʻqib eshittirilgach, Evropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi Ozarbayjon delegatsiyasi majlis zalini tark etdi.

Mavzuga aloqador