feminizm
Feministlarning Gʻazo imtihoni: ularning asl yuzi fosh boʻldi
Isroilning Gʻazoni yillardir qamalda tutishi va toʻgʻridan-toʻgʻri bombardimon qilishlari oʻn minglab falastinlik ayollar va bolalarni nobud qildi, mayib qildi va vayronalar ostida qoldirdi. Ular qishni uy-joy va taʻʻminot jihozlarisiz qarshi oldilar. Sogʻliqni saqlash tizimining deyarli toʻliq ishdan chiqishi, oziq-ovqat va toza suvning etishmasligi Gʻazodagi 45 ming homilador va 68 ming emizikli onalarning kamqonlik, qon ketish va oʻlim xavfiga duch kelganini anglatib turibdi. Ayni damda, bosib olingan Gʻarbiy Sohilda yuzlab falastinlik ayollar va bolalar hamon qamoqda boʻlib, koʻplari sudsiz, jirkanch sharoitlarda yashashga majbur etilmoqda. Bu falokat oshkora bir tarzda oʻz davrini surmoqda, biroq Britaniyadagi va umuman Gʻarbdagi feministlarning koʻpchiligi bu haqda goʻyoki tildan qolgan, aytadigan gaplari yoʻqdek.
Davomini o'qish...02.02.2024 18:10