28.03.2025 08:35

Ayollar “erkinligi”mi yoxud ayollardan foydalanish “erkinligi”?

Ayollar “erkinligi”mi yoxud ayollardan foydalanish “erkinligi”? 


Afgʻonistonda Tolibon hukumati tomonidan joriy etilayotgan koʻpchilik qarorlar ayrim ommaviy axborot vositalariga musulmonlar oʻlkalarida "ayollar erkinligi"ga nisbatan shubha-gumonlarni yanada kuchaytirish uchun katta imkoniyat yaratib bermoqda. Aslida bu axborot vositalari ayollar erkinligi deganda nimani nazarda tutishadi? 


Turli OAV va ijtimoiy tarmoq platformalarining "ayollar erkinligi" masalasida “begʻuborlik” va “pokdomonlik” bilan jar solishi, har xil madaniyat vakillariga uning gʻarbga xos koʻrinishini tiqishtirishga harakat qilishi mustaqil fikr va tanqidiy-tahliliy yondashuvga ega har kimning gʻashiga tegishi aniq. Aslida esa ayollar erkinligi deganda odatda boshqacharoq narsa nazarda tutiladi. Ayollar erkinligi deganda ular goʻyoki erkaklarning ayol tanasi goʻzalligidan bahramand boʻlishlari, ularni ekspluatatsiya qilish va barcha xizmatlar, shu jumladan, marketing uchun ham ulardan istagancha foydalanish erkinligini koʻzda tutib, bu yoʻlda qattiq, tinib bilmay harakat qilishadi. Ayollarni kiyimlarini echishga majburlash dunyoviy erkak kishi uchun yoqimli bir jarayonligini inkor etib boʻlmaydi. Agar erkaklarga ayollar borasida erk berilsa, ular bilan koʻngillari tusagancha oʻynashish imkoniga ham ega boʻladilar-da. 


Erkaklar hukmronlik qiladigan bozor shuni juda yaxshi tushunadiki, insonning bozorga boʻlgan eng foydali munosabati, bu – ikki jins oʻrtasidagi jismoniy tortishishdir. Ular bu jozibadan foydalanib, trillionlab dollar ishlab topishdi. Mana shu tarzda hozirgi davrda ayollarning barcha xizmatlari bozorda mutlaqo erkin holda mavjud hisoblanadi. Ularning oʻzaro tobora yaqinlashuvi kiyim-kechakdan tortib pardoz-andoz sanoatigacha, mehmonxona xizmatidan tortib turizmgacha, ommaviy axborot vositalaridan tortib koʻngilochar mahsulotlargacha boʻlgan barcha turdagi bozorlar uchun ulkan foyda keltiradi.


Erkaklar rohatlanadi, ayollar aziyat chekadi


Ushbu "erkinlik"dan aziyat chekadiganlar baribir oʻsha ayollarning oʻzlari va ularning bolalari boʻladi, garchi pirovardida bundan butun jamiyat jabr koʻrsa-da. Ayollar homilador boʻlishadi, soʻng bolalarini abort qilishlariga toʻgʻri keladi, agar tugʻishga majbur boʻlsalar, yolgʻiz ona sifatida ularga qarash majburiyatini gardanlariga olishadi. Erkaklar ham, ayollar ham jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarga chalinishsa-da, ayollar anatomiyasi tufayli ularni aniqlash ehtimoli koʻproq. Va aynan ular jinoyatlar, jumladan, zoʻrlashlarga osongina tobe boʻlishadi. Ushbu erkinlik tufayli jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar hatto eng ilgʻor tibbiy yordam tizimiga ega boʻlgan mamlakatlarda ham jiddiy tahdid boʻlib qolmoqda. 


Soʻnggi oʻttiz yil ichida oʻttiz sakkiz milliondan ortiq odam OITSdan vafot etdi va taxminan sakson million odam hali ham oʻlim bilan kurashmoqda. Shunga qaramay, har yili bir million odam OITSdan vafot etadi va, albatta, bu raqam "erkinlik" kengroq boʻlgan hududlarda kamroq boʻlganlaridan ancha koʻp. Ammo ommaviy axborot vositalari jinsiy munosabatlar bozori zarar koʻrmasligi uchun bu oʻlimlarni hech qachon yoritmaydi. Ayollar va bolalar katta zarar koʻradi. Quyida JSST maъruzasi Abstraktidan parcha keltirilgan. Bu "Erkinlik" jins nuqtai nazaridan nima olib kelishi haqida bizga maъlum bir tasavvur beradi:


OIV/OITS bilan kasallanish holatlari va kattalar oʻrtasida oʻlim holatlari — geteroseksual yuqish holati bundan mustasno — erkaklar orasida yuqori. Bolalar oʻrtasida OITS oʻgʻil bolalarda qiz bolalarga nisbatan balandroq. Geteroseksual transmissiya tufayli kattalar uchun jins tafovutlari vaqt va joyga qarab farq qiladi. Qoʻshma Shtatlarda ayollar soni erkaklar sonidan ancha koʻp..."


Janubiy Afrikaning yana bir hisobotiga koʻra, "mintaqada (Oʻrta va Janubiy Afrika) OIV bilan kasallangan odamlarning 58 foizini ayollar tashkil qiladi. Agar Gʻarb mamlakatlarida, ayniqsa Evropada bu tendentsiya biroz oʻzgarishni koʻrsatsa, bu gomoseksualizmning koʻpayishi va erkaklar tomonidan narkotiklarni tez-tez isteъmol qilish bilan bogʻliq. Ayollar ishtirok etgan joyda ular koʻproq aziyat chekishadi.


Ona qornidagi bolalarni zoʻrlash va shafqatsizlarcha oʻldirish


Har yili ayollar tomonidan 50-70 millionta chaqaloq abort qilinadi, ammo hech kim tugʻilmagan odamlarga nisbatan bu shafqatsizlik haqida gapirmaydi. Ayollarga nisbatan yuz minglab marta zoʻravonlik sodir etiladi, ammo hech kim buning haqiqiy, asl sabablari haqida gapirmaydi, negaki, bu sabablar katta bozorlar, shu jumladan alkogol mahsulotlari va jinsiy munosabatlar bozori bilan bogʻliq. 


"Konservativroq" mamlakatlarda "zoʻrlashlar" sonini oshirish uchun ular "ajoyib" gʻoyani oʻylab topishdi: erlarning xotinlariga nisbatan zoʻravonlik shikoyatlarini ham "zoʻrlash" sifatida hisobga olish. Shunday boʻlsa-da, Amerika har yili zoʻrlashlar soni boʻyicha dunyoda etakchi oʻrinni boy bermay kelmoqda, Janubiy Afrika kabi mamlakatlarda esa ayollarning toʻrtdan bir qismidan koʻprogʻiga zoʻrlashga urinish harakatlari sodir etilgan. 


Ayollarga emas, erkaklarga nisbatan islomiy cheklovlar


Musulmon mamlakatlarida, xossatan Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar va BAA kabi islom huquqiy tizimi amal qiladigan davlatlarda jinoyatchilik darajasi haqiqatan ham ancha past. Shunga qaramay, Islom koʻpincha ayollarga qarshi boʻlgani uchun tanqid qilinadi. Ular islom tizimidagi ayollarga nisbatan cheklovlar aslida erkaklarga nisbatan cheklovlar ekanligini bilishmaydi, yoki bilmaslikka oladilar. Erkaklarga ayollar tanasidan rohatlanish taqiqlanadi. Ayollar qaerda boʻlmasin xavfsizlik istasa, bu haqiqiy islomiy tizimlarda mavjud. Bu erda ularning zoʻrlanish va oʻgʻirlanish qurboni boʻlish, maъshuqa va fohishaga aylanish ehtimoli ancha kam, majburiy abort qilish ehtimoli ham past, hatto ajrim ehtimoli-da juda past. Bolalar ham islom diyorlarida xavfsizroq, zero ularda abort qilinish, yolgʻiz ona yoxud gʻayritabiiy hamda bir jinsli ota-onalar bilan yashash ehtimoli juda kam. 


Uslubda erkinlik va natijalarda erkinlik


Dunyo agarda uslubdagi erkinlik va natijalardagi erkinlik oʻrtasidagi farqni ilgʻaganida edi, bu insoniyatning xavfsiz va sogʻlom yashashini kafolatlagan boʻlardi. Afsuski, ular uchun uslublardagi erkinlik muhimroq, garchi bu pirovardida erkinlikning oʻziga katta shikast etkazsa-da. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun yoʻl harakatida cheklovlar boʻlishi shart. Agar yoʻllarda "erkinlik" berilsa, natija tartibsizlik boʻladi. Yoʻl-transport hodisalarida oʻlim holatlarining aksariyati mast holda haydash oqibatida sodir boʻlishi ajablanarli emas. Texnologiyada ham yaxshi natijalar qatъiy metodologiyani talab qiladi. Agar jamiyatni kasalliklar, jinoyatlar va tartibsizliklardan himoya qilish kerak boʻlsa, barcha turdagi xatti-harakatlar bilan bogʻliq qonunlarni harfma-harf, moddama-modda va amalda qatъiy qilishdan boshqa chorayu iloj yoʻq.

Mavzuga aloqador