Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron “qaysi soha va korxonalar, taʻʻlim muassasalari bilan hamkorlik qilish kerakligini biladigan barcha bilan davra suhbati oʻtkazish” uchun Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Avvalroq parlamentda Britaniyaning MO davlatlari bilan aloqalari samarasiz yoʻlga qoʻyilgani tanqid qilinib, Rossiya va Xitoyning mintaqadagi taʻʻsirini kamaytirish choralarini koʻrishga chaqirilgan edi.
Husiylarning Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlari ortidan inglizBritaniya kemalari Afrikani aylanib oʻtishga majbur boʻlayotgan sababli Britaniyada choy tanqisligi kuzatilmoqda. Bu tanqislik bir necha oy davom etishi mumkin.
Britaniya Rossiyaga qarshi sanktsiyalar chetlab oʻtilayotgani sababli Janubiy Kafkaz va Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda moliyaviy razvedkani kuchaytirish niyatida, deya yozmoqda frantsuz maxsus xizmatlariga aloqador Intelligence Online nashri.
Rossiya Ukrainaga keng koʻlamli raketa zarbalarini berganidan soʻng Britaniya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa raketalarini koʻproq joʻnatishi maʻʻlum qilindi.
Britaniya Venesuela bilan bogʻliq mojaroda qoʻllab-quvvatlash uchun sobiq mustamlakasi Gayanaga harbiy kemasini yubordi.