Britaniya Janubiy Kafkaz va Markaziy Osiyoda moliyaviy razvedkani kuchaytirmoqchi
Britaniya Rossiyaga qarshi sanktsiyalar chetlab oʻtilayotgani sababli Janubiy Kafkaz va Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda moliyaviy razvedkani kuchaytirish niyatida, deya yozmoqda frantsuz maxsus xizmatlariga aloqador Intelligence Online nashri.
Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni chetlab oʻtish
xavfi tufayli Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari moliyaviy razvedka
xizmatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish niyatida. Bu haqda frantsuz razvedka xizmatlariga aloqador Intelligence Online nashri.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining
sanktsiyalar departamenti delegatsiyasi Gruziya, Armaniston va Oʻzbekistonga tashrif
buyurib, moliyaviy razvedka ishlarini nazorat qiluvchi boshqarmalar vakillari bilan
uchrashadi.
Maqsad - ushbu
xizmatlar ishini faollashtirish, jumladan, Rossiyaga qarshi sanktsiyalarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish,
deyiladi xabarda.