19.02.2024 09:05

Husiylar inglizlarni choysiz qoldirdi

Husiylarning Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlari ortidan inglizBritaniya kemalari Afrikani aylanib oʻtishga majbur boʻlayotgan sababli Britaniyada choy tanqisligi kuzatilmoqda. Bu tanqislik bir necha oy davom etishi mumkin.

Husiylarning Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlari ortidan inglizBritaniya kemalari Afrikani aylanib oʻtishga majbur boʻlayotgan sababli Britaniyada choy tanqisligi kuzatilmoqda.

Mahalliy doʻkonlar tarmoqlari allaqachon xaridorlarni choy tanqisligi haqida ogohlantirmoqda; birinchi boʻlib Sainsbury's yirik sotuvchisi muammolar haqida xabar berdi. Kompaniya vakillari taʻʻminotdagi uzilishlar vaqtinchalik boʻlishini va isteʻʻmolchilarga ozgina taʻʻsir qilishini taʻʻkidlamoqda.

Eksport va xalqaro savdo instituti maʻʻlumotlariga koʻra, Britaniyaga choyning yarmidan koʻpini Hindiston va Keniya etkazib beradi. Yaman hustiylarining hujumlari tufayli savdo kemalari Suvaysh kanalidan qochishga majbur boʻlib, Afrika qitʻʻasini Yaxshi Umid burni orqali aylanib oʻtishmoqda, bu esa logistika xarajatlari va etkazib berish vaqtini oshirdi.

Institut bosh direktori Marko Forjionening soʻzlariga koʻra, uzilishlar koʻp oylar davom etishi mumkin.

Mavzuga aloqador