26.12.2023 17:06

1831 yildan buyon davom etayotgan tortishuv: Britaniya Gayanaga harbiy kemalarini yubordi

Britaniya Venesuela bilan bogʻliq mojaroda qoʻllab-quvvatlash uchun sobiq mustamlakasi Gayanaga harbiy kemasini yubordi.

Britaniya Venesuela bilan mojaroda qoʻllab-quvvatlash maqsadida ayni paytda Karib dengizida havzasida boʻlib turgan Qirollik dengiz flotining HMS Trent harbiy kemasini sobiq mustamlakasi Gayanaga yubordi.

Britaniya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi jurnalistlarga kemaning oy oxirigacha Gayanaga etib borishini qayd etdi.

"HMS Trent shu oy oxirida mintaqadagi bir qator kelishuvlarning bir boʻlagi sifatida Atlantika patrulʻ xizmati doirasida mintaqaviy ittifoqdoshi va Hamdoʻstlik aʻʻzosi Gayanaga boradi", - dedi u.

HMS Trent kemasi dekabrʻ oyi boshidan buyon Karib dengizida giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish maqsadida mintaqada patrulʻ faoliyatini olib bormoqda.

Essekibo bahsi

Gayana-Esseqibo – Essekibo daryosi gʻarbida 159,5 ming kv km maydonda joylashgan hudud boʻlib,  Venesuela va Gayana oʻrtasidagi unga egalik qilish uchun mojaro 100 yildan ortiq vaqtdan buyon davom etmoqda. U Gayananing uchdan ikki qismidan koʻprogʻini tashkil qiladi va mamlakatning 800 mingdan sal koʻproq qismini tashkil etuvchi aholining 283 ming nafari ushbu hududda yashaydi. Mintaqa asosan oʻtib boʻlmaydigan changalzorlardan iborat, ammo neftʻ, oltin va misning katta zaxiralariga ega.

Tortishuvlar 1831 yilda, Venesuela suveren davlatga aylanganidan keyin boshlangan. Hudud Britaniya nazorati ostida edi va Venesuela hukumati bu erlarga oʻz daʻʻvolari uchun kurashadi. 1880 yillarda Essekiboda oltin topilganidan soʻng Venesuela va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi mojarolar kuchayadi.

Gayana Britaniya mustamlakasi boʻlgan davrda, 1899 yilgi chegara arbitraj qaroriga koʻra, Essekibo daryosi Gayananing gʻarbiy chegarasi sifatida belgilangan.

Hududiy nizolar 1960-yillarda kun tartibiga qaytdi. Venesuela rasmiylari 1899 yilgi qarorni protsessual xatolar tufayli «yaroqsiz» deb eʻʻlon qildi. 1966 yilda Gayana Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi hamda hududiy nizoni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun Britaniya va Venesuela bilan Jeneva bitimini imzoladi.

Oradan oʻnlab yillar oʻtgan boʻlsa ham, davlatlar oʻrtasidagi ziddiyatli vaziyatdan chiqish yoʻlini topganicha yoʻq. 2018 yilda Gayana muammoni uzil-kesil hal qilish uchun Xalqaro sudga murojaat qildi. BMT Xalqaro sudi Gayananing Venesuelaga qarshi 1899 yildagi qaror asosida chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha daʻʻvosini maqbul deb topdi.

Biroq Karakas mojaro Xalqaro sud yurisdiktsiyasiga kirmaydi, deb hisoblaydi va Jeneva kelishuvlariga muvofiq Gayana bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish orqali chegaralarni demarkatsiya qilishni talab qiladi.

Ushbu kelishmovchiliklar fonida mintaqadagi vaziyat 2015 yilda kamida 10 mlrd barrelʻ neftʻ boʻlgan neftʻ konlarining topilishi va Gayana ularni ExxonMobile kompaniyasiga bergani sababli keskinlashdi. ExxonMobile allaqachon Stabroek blokining 26,8 ming kvadrat metr maydonga ega uchinchi konida (Payara) neftʻ qazib olish boshlanganini eʻʻlon qildi. Bu ushbu blokda neftʻ qazib olishni 2024 yilda kuniga 620 ming barrelga, 2027 yilda esa 1,2 million barrelgacha oshirish imkonini beradi.

2023 yil 3 dekabrda Venesuelada Gayana-Essekibo hududiga egalik qilish masalasi boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi. Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, referendumda qatnashgan venesuelaliklarning mutlaq koʻpchiligi (taxminan 95%) qoʻshni davlat hududining bir qismini annektsiya qilishni yoqlab ovoz bergan. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mintaqani amlakatning 24-viloyati deb eʻʻlon qildi va Venesuelaning yangi xaritalarini chiqarishni buyurdi.

Shuningdek, u hududda qazib oluvchi kompaniyalarga faoliyatini toʻxtatish yoki Venesuela hukumati bilan hisob-kitob qilish uchun uch oy muddat berdi.

2023 yil 6 dekabrda Venesuela qoʻshinlarni safarbar qilish va Gʻarbiy Gayana annektsiyasi boshlanganini eʻʻlon qildi. Shu kuni Gayana mudofaa kuchlarining Bell 412 vertolyoti Venesuela bilan chegara yaqinida halokatga uchradi. 2023 yil 7 dekabrda Gayana hukumati vertolyot qulashi natijasida 5 kishi (jumladan, brigada generali) halok boʻlgani va yana 2 kishi jarohatlanganini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador