Britaniya TIV rahbari Markaziy Osiyoga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron “qaysi soha va korxonalar, taʻʻlim muassasalari bilan hamkorlik qilish kerakligini biladigan barcha bilan davra suhbati oʻtkazish” uchun Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Avvalroq parlamentda Britaniyaning MO davlatlari bilan aloqalari samarasiz yoʻlga qoʻyilgani tanqid qilinib, Rossiya va Xitoyning mintaqadagi taʻʻsirini kamaytirish choralarini koʻrishga chaqirilgan edi.
Britaniya
tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishni
rejalashtirmoqda. Bu haqda u 5 mart kuni boʻlib oʻtgan parlament debatida
toʻxtalib oʻtdi.
“Biz
butun dunyo boʻylab ittifoq va sheriklik tarmogʻimizni mustahkamlash tarafdorimiz. Markaziy
Osiyo biz yaxshiroq ishlashni istagan tarmoqlardan biridir. Men u erga tashrif
buyurishni rejalashtiryapman. U erda qaysi soha va korxonalar, taʻʻlim muassasalari
bilan hamkorlik qilishimiz kerakligini biladigan barcha bilan davra suhbati
oʻtkazaman”, - dedi Devid
Kemeron.
Eslatib
oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabrida 2024 yilda Britaniya rahbariyatining Markaziy
Osiyo davlatlaridan boʻlgan hamkasblari bilan S5+1 formatida sammiti oʻtkazilishi
rejalashtirilgani maʻʻlum boʻlgan edi. Britaniya parlamentida taqdim etilgan
hisobotda mualliflar Britaniya vazirlari bilan Oʻzbekiston, Qozogʻiston,
Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston hukumatlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik
samarasiz ekani tanqid qilingan, shuningdek, Britaniya hukumatini Rossiya va Xitoyning
mintaqadagi taʻʻsiriga faolroq qarshi turishga chaqirgan edi.