Uolter Martin ismli shaxs Brovard okrugidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida hijobli musulmon ayolga ogʻzaki tajovuz qilgan, uni turli behayo soʻzlar bilan haqoratlagan. Amerika-Islom munosabatlari kengashining Florida boʻlimi islomofob jangarilarga qarshi ayblovlar qoʻyilishini olqishladi.
Garvard maʻʻmuriyati haydalgan talabalarni qaytarishni maʻʻqulladi va Isroilga sarmoya kiritish masalasini muhokama qilishga rozi boʻldi, deya taʻʻkidladi talabalar. Shuningdek, Falastin tarafdori boʻlgan norozilik namoyishlari Garvard universitetida oʻqishni toʻxtatishga olib kelgan va 60 dan ortiq talaba intizomiy jazoga tortilgan.
AQSh hukumatining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Oq uydagi maʻʻmuriyat Gʻazoda Isroil tomonidan genotsidga yoʻl qoʻyilgani dalillarini koʻrmayotganini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar HAMASning magʻlub boʻlishini koʻrishni istaydi. Vashington rasmiysi, shuningdek, urush girdobida qolgan falastinliklar oʻta ogʻir sharoitda yashayotgani va Isroilning Rafahdagi yirik harbiy amaliyoti xato boʻlganini taʻʻkidlagan.
Pentagon mayori Xarrison Mann AQSh Isroilning Gʻazodagi urushini qoʻllab-quvvatlagani uchun isteʻʻfoga chiqdi. Bu Amerika harbiy va razvedka hamjamiyatining aʻʻzosi birinchi marta ommaviy isteʻʻfosi hisoblanadi. "Oʻtgan oylar bizga Falastin voqealari tasvirlangan eng dahshatli va yurakni ezuvchi tasvirlar taqdim etildi va men bu tasvirlarni eʻʻtiborsiz qoldira olmadim. Bu menda aql bovar qilmaydigan aybdorlik hissini paydo qildi", - dedi Mann.
AQShning bir necha respublikachi vakillari Falastinni qoʻllab-quvvatlab oʻtkazilayotgan namoyishlarda hibsga olingan talabalarni Gʻazoga olti oyga jamoat ishlariga joʻnatish va chet ellik talabalarning vizalarini bekor qilishni nazarda tutuvchi ikkita qonun loyihasini ishlab chiqdi.
AQShning Isroilga yuk tashishni toʻxtatib turish va boshqa yuklarni sekinlashtirishni koʻrib chiqish qarori Bayden maʻʻmuriyati uchun siyosatdagi katta oʻzgarish boʻldi. Isroilning Gʻazoga bostirib kirishi boshlanganidan beri AQShning yaqin ittifoqdoshiga harbiy yordam berishdan bosh tortishi birinchi marta kuzatilmoqda.
Bir guruh amerikalik respublikachi senatorlar Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xonni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi xalqaro hibsga olish orderi chiqarilishidan ogohlantirib, “qattiq sanktsiyalar” bilan tahdid qildi.
Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarini normallashtirgan va bundan hech narsa yoʻqotmagan BAA va Bahraynni koʻrib taskin topsa, boshqa tomondan, Qirollik musulmon dunyosida muqarrar ravishda katta obroʻsini yoʻqotishini yaxshi biladi. Shu jihatlarini eʻʻtiborga olgan holda, Falastin mustaqilligini tan olish sharti bilan Isroil oʻrtasida munosabatlarni normallashtirishga kelishib oldi.
AQSh oliygohlaridagi Isroilga qarshi namoyishlar Jorj Soros, Geyts, Rokfeller va Pritsker oilalari jamgʻarmalaridan katta miqdorda grantlar olgan tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgani xabar qilindi. Jumladan, Kolumbiya universiteti hududidagi namoyishlar milliarderlar asos solgan Tides jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan "Tinchlik uchun yahudiy ovozi" hamda IfNotNow tashkilotlari tomonidan oʻtkazilmoqda.
AQSh Qatarga agar guruh Isroil bilan sulh bitimini rad etishda davom etsa, Hamas etakchilarini chiqarib yuborishi kerakligini aytdi.