07.05.2024 12:00

AQSh senatorlari Xalqaro jinoiy sudi prokuroriga tahdid qildi



Bir guruh amerikalik respublikachi senatorlar Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xonni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi xalqaro hibsga olish orderi chiqarilishidan ogohlantirib, “qattiq sanktsiyalar” bilan tahdid qildi.



AQSh senatorlari Xalqaro jinoiy sudi prokuroriga Netanyaxuni hibsga olish uchun order bermaslik bilan tahdid qildi.

Bosh prokuror Xonga yoʻllangan maktubda aytilishicha, agar u Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylarini hibsga olishga order bersa, vaziyat “nafaqat Isroil suverenitetiga, balki Qoʻshma Shtatlar suverenitetiga tahdid sifatida talqin qilinadi.

"Agar siz Isroilni nishonga olsangiz, biz sizni nishonga olamiz", deb qoʻrqitgan senatorlar XJS bosh prokuroriga.
Maʻʻlum qilinishicha, XJS Bosh prokuroriga yoʻllangan xat oxirida "siz ogohlantirildingiz" degan tahdid soʻzlar mavjud boʻlgan.

Taʻʻkidlanishicha, Netanyaxu va AQSh prezidenti Jo Bayden oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefon suhbatida kun tartibidagi masala Gʻazo sektoriga hujumlar uchun Isroil rasmiylarini hibsga olish uchun XJS orderining chiqarilishi ehtimoli boʻlgan.

Isroilning Valla veb-saytiga koʻra, soʻnggi ikki hafta ichida Isroil rasmiylari XJS Netanyaxu, mudofaa vaziri Yoav Gallant va Bosh shtab boshligʻi Gerzi Halevini hibsga olishga order berishga tayyorlanayotganidan jiddiy xavotirda.

Ismi oshkor etilmagan ikki isroillik amaldorga koʻra, Netanyaxu Baydenga XJS tomonidan hibsga olinishi mumkin boʻlgan order haqida xavotir bildirgan.

Mavzuga aloqador