AQShning antisemitizm boʻyicha maxsus vakili Alphabet, Meta, Microsoft, TikTok va X vakillari bilan uchrashib, ularni oʻz platformalarida antisemit mazmunini cheklash boʻyicha saʻʻy-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi. Shuningdek, har bir kompaniyadan yahudiylarga qarshi kontentni jilovlash uchun asosiy xodimlarni oʻqitishni soʻradi. Aytilishicha, kompaniyalar hozircha AQSh hukumati talablariga rozi boʻlmagan.
Pentagon maʻʻlum qilishicha, AQShning Gʻazoga yordam koʻrsatish harakatlari barbod boʻldi: gumanitar yuklarni etkazib berish uchun vaqtinchalik iskala kuchli toʻlqinlar taʻʻsirida vayron boʻldi. Pentagon matbuot kotibi oʻrinbosari Sabrina Singxning soʻzlariga koʻra, bunga kuchli dengizlar va Shimoliy Afrika shamollari sabab boʻlgan.
Isroil Rafah qochqinlar lageriga AQShda ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi bombalarni tashladi. Ekspertlarning xulosasiga koʻra, Isroilning Rafah qochqinlar lageriga havo hujumi Amerikada ishlab chiqarilgan oʻq-dorilar yordamida amalga oshirilgan. Gʻazo sektori janubidagi shaharda gavjum chodirlar guruhiga uyushtirilgan hujum kamida 45 kishining hayotiga zomin boʻldi va yuzlab odamlar yaralandi.
Politsiya Gʻazodagi falastinliklar bilan birdamlik namoyishini tarqatib yuborganidan soʻng Oksford universitetida oʻndan ortiq talaba hibsga olindi.
Vladimir Putin AQShning Rossiyadagi aktivlarini musodara qilishga ruxsat berdi. Endilikda Rossiya sudlari Rossiyaning AQShdagi aktivlarini musodara qilish natijasida etkazilgan zararni qoplash uchun mamlakatda joylashgan Amerika mulkini tasarruf etishi mumkin boʻladi.
The New York Times oʻtkazgan tekshiruvlarda afgʻon generali Abdul Roziq AQSh bergan cheksiz vakolatlardan foydalangan holda minglab mahalliy aholi vakillarini oʻgʻirlagani, qiynagani va sudsiz qatl qilgani maʻʻlum boʻldi. Nashrning yozishicha, u Qandahor viloyati politsiyasiga rahbarlik qilgan davrda “Amerika mahluqi” laqabini olgan.
Politico nashri AQSh maʻʻmuriyati Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot halokatida Tehron Vashingtonni ayblashidan choʻchigari, qidiruv-qutqaruv operatsiyasini diqqat bilan kuzatganini yozdi. Shuningdek, Oq uy mazkur halokat Yaqin Sharqdagi vaziyatni qanday oʻzgartirishi mumkinligi haqida savollar bergan.
AQSh Markaziy qoʻmondonligi yuk mashinalari AQSh tomonidan Gʻazo sektorida oʻrnatgan vaqtinchalik portdan gumanitar yordam etkazib berishni boshladi. Mashinalar mahalliy vaqt bilan soat 09:00da vaqtinchalik portdan chiqib ketgan.
AQSh Ichki ishlar departamenti xodimi Isroilning Gʻazodagi "genotsid" urushini soʻzsiz qoʻllab-quvvatlayotganiga norozilik sifatida omma oldida isteʻʻfoga chiqqan birinchi yahudiy amaldorga aylandi. “Prezident Baydenning Isroilning Gʻazodagi genotsidini halokatli va davomli qoʻllab-quvvatlashi fonida men endi vijdonan bu maʻʻmuriyat vakili boʻla olmayman”, dedi Lili Grinberg Koll.
AQSh Kongressining Vakillar palatasi minimal koʻpchilik ovoz bilan Isroilga uzluksiz qurol etkazib berishni nazarda tutuvchi respublikachilar qonun loyihasini maʻʻqulladi. Kongressda qonun loyihasini 224 senator qoʻllab-quvvatladi, 187 nafari esa qarshi ovoz berdi.