24.05.2024 17:00

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (4-qism)

 

“Xudoning oʻlimi” deb atalmish voqeot ham dunyoni larzaga soldi, shuningdek, hayotimiz ustidan hokimiyatga ega boʻlishga intilayotgan va yana... bir-birlari bilan abadiy kurashni davom ettiradigan xudolar va jinlarning dunyo tartibiga qaytishiga sabab boʻldi. Zamonaviy dunyoviylik ateistik yoki agnostik boʻlishi bilan bir qatorda, chindan ham juda koʻp maʻʻnolarda koʻp xudolikning bir turidir. Zamonaviy sekulyarizm qadriyatlar politeizmi (koʻpxudoligi) sifatida – Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasida.

Nitsshening yana bir nomdor zamondoshi va zamonaviy ijtimoiy fanlarning asoschisi Maks Veber yaqinlashib kelayotgan asr xarakterini oldindan koʻra olgan va oʻzi sekulyar shaxs boʻlsa ham, oʻzini zamonaviylik koʻp xudoligi haqidagi xavotir va tashvishlardan chetda tuta olmadi. Olimlardan biri Veber haqida shunday yozadi: “Uning politeistik afsunlanish haqidagi tasavvuri shundan iboratki, qiymatlarning tengsiz bir ravishda parchalanishi natijasida juda koʻp muqobil metarivoyatlar tugʻiladi. Ularning har biri oʻz yoʻli va uslubida din va fan hal qilishga intilgan ayni metafizik savollarga javob berishga daʻʻvo qiladi”.

“Xudoning oʻlimi” deb atalmish voqeot ham dunyoni larzaga soldi, shuningdek, hayotimiz ustidan hokimiyatga ega boʻlishga intilayotgan va yana... bir-birlari bilan abadiy kurashni davom ettiradigan xudolar va jinlarning dunyo tartibiga qaytishiga sabab boʻldi.

Zamonaviy dunyoviylik ateistik yoki agnostik boʻlishi bilan bir qatorda, chindan ham juda koʻp maʻʻnolarda koʻp xudolikning bir turidir.

Zamonaviy jamiyatda monoteizm susayib borayotgani sababli, guvoh boʻlib turganimizdek, odamlar bugungi kunda tobora eski uslubdagi xurofiy eʻʻtiqod va anʻʻanalarga qaytishga intilmoqdalar.

Insonning yaratilishidan murod uning Yaratganga sajda qilishidir. Odamzod Xudoni tan olmasa va unga sigʻinmasa, u doimo koʻplab xudolarga, jumladan, iroda va kuch-qudrat xudolariga topinishni boshlaydi. Alloh taolo aytganidek:

“Aytingchi, havoyi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni bilib turib zalolatga solgan va qulogʻiga hamda qalbiga muhr bosib, koʻziga parda tortib qoʻygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladir?! Eslamaysizlarmi?!” (Josiya, 23)

Nima uchun vahiy axloqqa yoʻl-yoʻriq berishi kerak? Gitlerda ham axloq bor edi!

Musulmonlar koʻpincha farzandlariga islomdan oldingi arablar qay darajada tuban boʻlgani haqida rivoyatlar aytib berishadi. Ana oʻsha arablarda xaloskorlik fazilatlari yoʻq edi. Axir goʻdak qizlarni tiriklayin koʻmish ular uchun odatiy hol edi-ku! Bundan ham yomoni nima boʻlishi mumkin? Ammo bu sodda qarash bizni hozirgi kunda ham bolalarni oʻldirish koʻplab jamiyatlarda turli niqoblar ostida keng tarqalgani haqidagi faktga koʻz yumdirib qoʻyadi. Haqiqat shundaki, baʻʻzi politeistik jamiyatlarda bolalar marosimlarda xudolarga qurbonlik qilingan.

Gʻarbga oid boʻlmagan xalqlarni axloqan tuban koʻrish natijasida oʻldirish va ekspluatatsiya qilish hozirgi imperializm dunyosi tartibiga xos xususiyatdir. Bu zamonaviy haqiqatlar sirasidan. Inson huquqlariga sigʻinadigan zamonaviy liberal jamiyatlarda koʻpchilik jinsiy erkinlik, tanlov yoki boshqa sabablar bilan tugʻilmagan chaqaloqlarni oʻldirish uchun shunga oʻxshash huquqlarni himoya qiladi.

Islomgacha boʻlgan arablarning zamonaviy gʻarb jamiyatlaridan farqi shundaki, ular texnologik jihatdan orqada edilar va bolalarni tugʻilganidan soʻng oʻldirar edilar. Biroq har qanday jamiyat singari, ular ham juda koʻplab yaxshi fazilatlarga ega edilar: ular saxiylik, jasorat, buyuklik va hokazolarga amal qilishgan va qadrlashgan. Shunga qaramay, ularning orasidagi kambagʻallar “ochlikdan qoʻrqib” qizlarini tiriklayin koʻmishdi (Isro, 31). Ular buni notoʻgʻri deb bilishgan boʻlishi mumkin, lekin ular Xudo tomonidan berilgan hayot daxlsizligiga ishonishmagan. Masalan, koʻplab qabila va butparast jamiyatlar inson hayotini muqaddas bilmagan, bolalarni qurbon qilish, er oʻlganida beva ayollarni qoʻshib koʻmish yo yoqib yuborish va begona kimsalarni oʻz hovlisida bagʻir ochib kutib olish keng tarqalgan urflar sirasidan edi.

Umumiyroq olib, keling faqat ratsional dalillarga ishonadigan bir olimni tasavvur qilamiz. U butun er yuzini yadroviy qurilmalar bilan jihozlay olish qudratiga ega. Siz uning kosmik kemasida oddiy bir yordamchi xodimsiz, uning rejasidan xabar topib, dahshatga tushdingiz va uni bu fikridan qaytarish uchun qandaydir taklif oʻylab topishga urinyapsiz. Siz unga begunoh odamlarni oʻldirish juda dahshatli ekanini aytasiz va u sizga siz bir yil oldin oshxonangizdagi suvaraklarning butun urugʻini hech bir xavotirsiz yoʻq qilganingizni eslatadi. Erdagi inson hayoti suvaraklardan nimasi bilan farq qiladi?

Inson hayoti yoki boshqa axloqiy qadriyatlarga oid bunday savollarni falsafiy tarzda hal qilish imkonsiz. Gʻayb ustun turmas ekan, insoniyat jamiyatlari oldida faqat falsafa va fikr qoladi. Bugungi zamonaviy Gʻarb axloqiy nazariyalari, yuqorida taʻʻkidlanganidek, Ibrohimiy anʻʻanadan “kontrabanda qilingan” eʻʻtiqod va tushunchalarga asoslangan – ular oʻzlarining gʻoyalarini, mafkuralarini, ularning asoslarini tan olmagan holda yuqoridagi anʻʻanadan koʻchirib olishgan. Islomda, avvalgi vahiylarda boʻlgani kabi, inson huquqlari xuququl ibod, tom maʻʻnoda Alloh bandalarining huquqlari edi. Chang-toʻzonli kunda quruq barglardek havoda uchib yuradigan bunday asossiz axloqning qanchalik xavfli ekani XX asr vahshiyliklari sinchiklab tekshirilganda ayon boʻladi. Ikkinchi jahon urushida va undan keyingi davrda taraqqiyot, marksizm va mustamlakachilik yangligʻ zamonaviy mafkuralar uchun millionlab odamlar zamonaviy davlatlar tomonidan oʻldirildi. Ommaviy eʻʻtiqoddan farqli oʻlaroq, dahshatli xatti-harakatlarning aksariyati axloqsizlik tufayli emas, balki qandaydir axloqiy maqsad yoʻlida sodir boʻldi.

Misol uchun, haqli ravishda zamonaviylikdagi eng katta yovuzlik timsoli hisoblanadigan Gitler oʻzining maʻʻlum axloqiy eʻʻtiqodlariga qattiq sodiqligi tufayli genotsidga qoʻl urdi. Ateizmga turtki bergan darvinizm mafkurasidan ilhomlangan evgenika harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlari ziyolilari va olimlari orasida keng qabul qilindi. Shunga koʻra, Gitler faqat zaif ziyolilar va faylasuflar amalda qoʻllashga jurʻʻat etolmagan axloqiy-ilmiy eʻʻtiqodlardan mantiqiy xulosalar chiqarib, ularni amalda sinab koʻrdi.

Darhaqiqat, bunday eʻʻtiqod va diniy gʻoyalarning yuksalishi natijasida fashistlar tomonidan sodir etilgan qirgʻinlarga nisbatan nafrat shakllanmaganida edi, bugungi kunda bunday gʻoyalar osonlikcha urfga aylangan boʻlar edi. Hozirda ular yana bir bor avj olib borayotganidan darak beruvchi belgilar mavjud. Ayni chogʻdagi Isroil genotsidlari bunga misol. Qolaversa, Evropa va AQSh, shuningdek, Xitoy va Hindiston kabi yangi “modernlashgan” davlatlar ham bunday amallarni qoʻllay boshlashgan. 1950 yillarda Xitoyda Mao oʻzining kommunistik islohotlarini kattaroq manfaatga intilish hissi bilan oqlagan. “Buyuk sakrash” davridagi sunʻʻiy ocharchilikda oʻn millionlab odamlar ochlikdan nobud boʻldi, ammo bunday fojia iqtisodiy jihatdan tengroq jamiyatga erishish va kelajakda qashshoqlikni kamaytirish uchun zarur deb koʻrilgan edi. Shunday ekan, bunday ommaviy qotillik xato ish boʻlgan edi, deb bahslashsa boʻladimi? Xitoyning global hukmronligi va hozirgi bir milliarddan oshiq aholi buni oqlamaydimi? Nega bunday maqsadlar vositalarni oqlamaydi?

“IShID haqida nima deyish mumkin?”  deb soʻrashingiz mumkin. Yigirma yillik urush va Qoʻshma Shtatlar tomonidan qoʻyilgan sanktsiyalar natijasida paydo boʻlgan bu terrorchilik libosi 33 mingga yaqin odamni, asosan, Iroq va Suriyada musulmonlarni oʻldirdi. Biroq bu fakt ham aslida fikrimizni yanada oydinlatishga yordam beradi. Uning harakatlari shu qadar dahshatli ediki, hatto uning ona tashkiloti Al-qoida ham bu harakatlarni oxir-oqibat qoraladi.

Deyarli barcha musulmon maʻʻmurlari bu guruhning harakatlari shariatga zid ekaniga qoʻshiladi.

Hech bir axloqiy tizim inson harakatlarini belgilay olmaydi. Muhimi shundaki, IShID kabi terroristik guruhlarni harakatga keltiruvchi ichki qasos va zamonaviy mafkuralarni oʻz ichiga oladigan haqiqiy sabablardan qatʻʻi nazar va eng muhimi, xalifa kabi toʻgʻri tashkil etilgan islomiy ummat hokimiyatining yoʻqligi uchun keng jamoatchilik ahli bu guruh taktikasining islomga zidligini tan oldi. Buni endi AQSh davlat kotibi Madlen Olbrayt bilan taqqoslab koʻring. Undan AQShning Iroqqa qarshi urushi va sanktsiyalari natijasida yarim million bolaning oʻlimi hamda IShIDni yaratishga bevosita bogʻliq shart-sharoitlar haqida soʻrashganda magʻrurlik bilan televideniega shunday dedi: “Bizning fikrimizcha, narx bunga arziydi!”

Olbrayt ushbu intervʻyudan soʻng koʻp oʻtmay AQSh senatori etib saylandi. Dunyoning eng qadimiy demokratiyasi va inson huquqlari himoyachisi boʻlgan AQSh, boshqacha qilib aytganda, oʻz strategik manfaatlarini himoya qilish uchun yarim million begunoh musulmon bolalarning qonuniy ravishda oʻldirilishi mumkinligiga ishonadi. Bu keng qamrovli dunyoviy liberalizm tarixidan bir parcha, xolos.

Xudoni yoki yakuniy haqiqatni tan olmaydiganlar uchun axloqiy yaxshilikni eʻʻlon qilishda hech qanday asos yoʻq, deyish bilan men va bu fikrni quvvatlaydigan faylasuflar bunday odamlar axloqiy xulq-atvorga ega boʻlolmaydi yoki baʻʻzi narsalarni falsafiy tarzda hal qilolmaydi, demoqchi boʻlmaymiz. Axloqiy tuygʻu, fitrat butun insoniyatga Alloh tomonidan berilgan neʻʻmat. Xudoni tan olmaslik uni yoʻq qilib qoʻymaydi; bu shunchaki uni turli yoʻllar bilan chalgʻitib, Xudoni turlicha tushunishga olib keladi. Xulosa qilib aytganda, hammamizda mavjud boʻlgan axloqiy impulʻs barchamizni turli yoʻllar bilan boshqaradi. Biroq agar u Xudoning haqiqati bilan nazorat qilinmasa va Uning amrlari bilan tartibga solinmasa, odamlarning hayvondan-da vahshiyroq va dahshatliroq xatti-harakatlarni sodir etishiga sabab boʻladi.

Buni Alloh chechanlik neʻʻmati bilan ziynatlagan janobi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan-da yaxshiroq taʻʻriflovchi yoʻq: “Men yaxshi xulqlarni tugal qilish uchungina yuborildim”.

Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum.

Davomi bor. Avvalgi qismlarni oʻqish

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (1-qism)

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (2-qism)

Yaxshi inson boʻlish etarli emas: Nima uchun axloq islomga muhtoj? (3-qism)

Mavzuga aloqador