Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi Massachusets texnologiyalar instituti professorlari Daron Ajemoʻgʻli va Saymon Jonson, shuningdek, Chikago universiteti professori Jeyms Robinsonni iqtisodiyot boʻyicha 2024 yilgi Nobelʻ mukofotiga loyiq topdi.

Mukofot olimlarga "Institutlarning shakllanishi va ularning farovonlikka taʻʻsiri haqidagi tadqiqotlari uchun" topshirildi.

Ushbu nominatsiya mukofotning boshqa asosiy nominatsiyalardan farqli ravishda Alʻfred Nobelʻ xotirasiga atab Shvetsiya milliy banki tomonidan taʻʻsis etilgan. Mukofot iqtisodiyot sohasidagi yutuqlar uchun beriladi.

Laureatlarni taqdirlash marosimi 10 dekabrʻ — Alʻfred Nobelʻ vafot etgan kunda oʻtkaziladi.

Jeyms Robinson va Daron Ajemoʻgʻli hammuallifligidagi «Mamlakatlar tanazzuli sabablari» (Why Nations Fail) kitobi oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Unda nima uchun ayrim mamlakatlar farovonroq ekani haqida soʻz boradi.

 

Mavzuga aloqador