27.12.2023 11:03

Turkiyada malakali ishchilar etishmovchiligi kuzatilmoqda - Frankfurter Allgemeine

Turk kompaniyalari malakali ishchi etishmovchiligiga duch kelmoqda, investorlar esa bundan xavotirda.  

Qariyb 85 mln kishi istiqomat qilayotgan, aholining oʻrtacha yoshi 32 ni tashkil etuvchi Turkiyada ishchilar etarli emas, deb yozmoqda Germaniyaning Frankfurter Allgemeine nashri.

“Biz sanoatchilar hamma joyda ishchi kuchi tanqisligini boshdan kechirmoqdamiz va bu xizmat koʻrsatish sohasiga ham taalluqlidir”, - deydi TAYSAD avtomobilʻ etkazib beruvchilar uyushmasidan tadbirkor Alper Kanja.

Istanbul yaqinidagi sanoat parkini boshqaradigan Kanjaning nashrga ikkita holatda ishchi kuchi tanqisligi sababli investorlar sarmoya kiritishdan voz kechganini taʻʻkidlagan.

Ishchi kuchi tanqisligi 60 foizlik inflyatsiyaga uchragan iqtisodiyot uchun yangi muammoga aylangani taʻʻkidlanmoqda. Buni Istanbul chet el savdo palatasi (AHK) tomonidan oʻtkazilgan olti oylik vaziyat tadqiqotlarida koʻrish mumkin. Unga koʻra, Turkiyadagi nemis kompaniyalarining 43 foizi etarlicha ishchi topishdan xavotirda. Butun dunyodagi vaziyat bilan solishtirganda, kompaniyalarning atigi 37 foizi bu muammoga duch keladi.

Mahalliy nemis kompaniyalari tobora koʻproq tashvishlanmoqda

“Germaniya kompaniyalari Turkiyada munosib malakali ishchilarni topishdan tobora koʻproq tashvishlanmoqda”, deydi AHK boshqaruv kengashi aʻʻzosi Tilo Pal. Chet tillarini biladigan yuqori malakali mutaxassislar xorijda yaxshi haq toʻlanadigan ishlar qidirishmoqda va mahalliy qoʻshma korxonalar ular uchun chet elga ketishga tramplin vazifasini bajarmoqda: "Turkiyadagi nemis kompaniyalari uchun ishlash koʻpincha Germaniya va Evropa safarida toʻxtash joyi sifatida qabul qilinadi". Vaziyat viza olish istiqbollarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Pal bu tendentsiyani xavotirli deb ataydi. Investitsiyalar koʻproq malakali ishchi kuchi mavjudligiga bogʻliq. “Keng akademik va kasbiy taʻʻlimga har qachongidan ham koʻproq eʻʻtibor qaratilish Turkiyaning jozibadorligini yanada oshirish va ushbu davlatga koʻproq investitsiyalar kirib kelishiga sababchi boʻladi”.

Qayd etilishicha, yillar davomida ishchilar soni ortib bormoqda. 2005 yilda statistika idorasi atigi 18,2 mln kishini hisoblagan boʻlsa, joriy yilning kuzida bu raqam 32 mln ga etdi. Oʻz navbatida, ishlab chiqarishdagi ish oʻrinlari 4 mln dan 6,6 mln ga, xizmat koʻrsatish sohasi esa ikki barobarga oshib, 18 mln ga oshdi. Bandlik darajasi esa 53,6 foiz - Germaniyada bu koʻrsatkich 77,5 foizni tashkil etadi.

Muhojirlar qora ishlar bilan shugʻullanib,a oddiy aholining qutblanishiga sabab boʻlmoqda

Rasmiy Anqaraning mamlakatda rasman 5 mln qochqin yashayotgani haqidagi maʻʻlumotlari ayrimlarning noroziligiga sabab boʻlmoqda. Ular odatda mahalliy aholi band boʻlgan sohalar – qishloq xoʻjaligi, qurilish, chiqindilarni yigʻish, bolalarni parvarishlash kabi ishlar bilan – aksariyat hollarda norasmiy ravishda - shugʻullanmoqda. Garchi suriyalik, afgʻon va boshqa xorijliklarni deportatsiya qilish fikrini har besh turdan toʻrt nafari qoʻllab-quvvatlasa ham, asosiy hududlarda juda koʻp oilalar toʻsatdan enaga va uy xizmatchilarisiz qolishi mumkin, deydi anqaralik fuqarolardan biri.

Taʻʻkidlanishicha, xorijiy sarmoyadorlarga tayanib, ishlab chiqarishni kengaytirayotgan hukumat uchun ishchi kuchi masalasi xavotirli bong chalishi lozim. Qolaversa, bu muammo faqatgina Istanbul, Anqara yoki Izmir kabi iqtisodiy markazlar bilan cheklanmaydi. Markaziy Anadoludagi Koniyadagi vaziyat Suriya bilan chegaradagi Gaziantepdagi kabi tarang.

Mavzuga aloqador