Turkiyada maktab oʻquvchilarining etti haftalik yozgi Qurʻʻon kurslari yakuniga etdi. Mashgʻulotlarda 2,5 million oʻquvchi ishtirok etdi. Mashgʻulotlar doirasida turli musobaqalar (ham diniy, ham sport boʻyicha) tashkil etilib, eng muvaffaqiyatli oʻquvchilarga velosiped va planshetlar sovgʻa qilindi.

Turkiya Din ishlari boshqarmasi rahbari Ali Erbash Turkiya boʻylab qariyb 3 million oʻquvchi ishtirokida oʻtkazilgan yozgi Qurʻʻon kurslari yakunlanganini maʻʻlum qildi.

“Qurʻʻon kurslarimiz ustozlari, din peshvolari, bu xizmatga hissa qoʻshayotganlar, maʻʻnaviy qadriyatlarimizni avlodlarimizga etkazish yoʻlida harakat qilayotgan ota-onalarimiz va xayrixohlarimizga, ayniqsa, muqaddas kitobimizni oʻrganishga katta kuch sarflagan oʻquvchilarimizga minnatdorchilik bildiraman”, deb yozadi Erbash X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab davom etgan kurslarda jami 2,5 million oʻquvchi qatnashgan boʻlsa, oʻqituvchilar soni 107 ming nafarga etganh Oʻtgan yili esa yozgi Qurʻʻon kurslariga 2,4 million fuqaro qatnashgan.

Kurs dasturi etti hafta davom etdi va har kuni toʻrt soatlik darslarni oʻz ichiga oldi. Mashgʻulotlar doirasida turli musobaqalar (ham diniy, ham sport boʻyicha) tashkil etilib, eng muvaffaqiyatli oʻquvchilarga velosiped va planshetlar sovgʻa qilindi.

Mavzuga aloqador