Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning Iroqqa tashrifi doirasida Turkiya, Iroq, Qatar va BAA oʻrtasida Sharq va Evropa mamlakatlarini bogʻlovchi eng qisqa yoʻlni barpo etishni koʻzda tutgan “Taraqqiyot yoʻli” loyihasini amalga oshirish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu yoʻlning Xitoy va Evropa oʻrtasidagi masofani Suvaysh kanali orqali oʻtadigan dengiz yoʻliga nisbatan qisqartirib, vaqt va mablagʻni tejashi kutilmoqda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning 12 yildan keyin birinchi marta Iroqqa qilgan rasmiy ziyorati chogʻida Turkiya, Iroq, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida “Taraqqiyot yoʻli” loyihasi boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.

“Taraqqiyot yoʻli” loyihasi Xitoy va Evropa oʻrtasidagi masofani Suvaysh kanali orqali oʻtadigan dengiz yoʻliga nisbatan qisqartirib, vaqt va mablagʻni tejashi kutilmoqda.

“Kemalar Suvaysh kanali orqali 35 kunda oʻtadi. Yaxshi Umid burni orqali sayohat 45 kungacha davom etadi. Taraqqiyot yoʻli qurilishini yakunlasak, tashish vaqtlari 25 kungacha qisqaradi”, - dedi Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uraloʻgʻli.

Rivojlanish yoʻli loyihasi Turkiyani 1200 kilometrlik temir yoʻl va avtomobilʻ yoʻllari orqali Fors koʻrfazidagi Iroqning El Fao porti bilan bogʻlaydi.

Ushbu loyihaning birinchi bosqichi 2028 yilda foydalanishga topshiriladi.

Turkiya va Iroq oʻrtasida “yangi Ipak yoʻli” boʻlishi maqsad qilingan loyihaning taxminiy qiymati 17 milliard dollar boʻlib, Turkiya, Iroq, Qatar, BAA va Xitoy tomonidan sarmoya qilinishi kutilmoqda.

Turkiya va Iroq hukumatlari “Taraqqiyot yoʻli” loyihasiga amalga oshirilayotgan ishlar (qoʻshimcha portlar qurish va har ikki davlatda yoʻl infratuzilmasini qayta tashkil etish va hokazo) bilan bir qatorda 23,8 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Maʻʻlumot uchun, Turkiya prezidentining ushbu tashrifi yakunlari boʻyicha Turkiya va Iroq oʻrtasida harbiy-siyosiy, madaniyat, taʻʻlim, Islom dini va boshqa yoʻnalishlarda jami 26 ta hujjat imzolandi.

Mavzuga aloqador