Turkiya Sudanga 2408 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Turkiya hukumatiga qarashli Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan tayyorlangan 2 ming 408 tonna insonparvarlik yordami yuklangan kema Turkiyaning Mersin xalqaro portidan Sudanga yoʻl oldi.
Turkiya
Sudanga Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) boshchiligida
tayyorlangan 2408 tonna gumanitar yordam joʻnatdi, deb xabar bermoqda “Anadolu”
agentligi.
Turkiya
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turk Qizil Yarim oy jamiyati va boshqa tashkilotlar
koʻmagida oziq-ovqat, gigiena vositalari, kiyim-kechak, boshpana va tibbiy
buyumlardan iborat yuklar ortilgan “Sard” kemasi Turkiya janubida joylashgan Mersin
xalqaro portidan yoʻlga chiqdi.
“Sogʻliqni
saqlash vazirligi tomonidan ajratilgan 160 tonna dori-darmon va tibbiy
asbob-uskunalar, 128 tonna kiyim-kechak, 90 tonna gigiena vositalari, 44 tonna koʻrpa-toʻshak
va turli boshpana materiallarini joʻnatishni rejalashtirgan edik. Umid qilamizki,
kema 19-21 iyulda Sudanga etib boradi”, – deya maʻʻlum qildi AFAD rahbari Okai
Memish.
Maʻʻlumot
uchun, Sudanda bir muncha vaqtdan beri davom etayotgan ichki ziddiyat va qurgʻoqchilik
tufayli 8 millionga yaqin odam oʻz uyi va vatanini tashlab ketishga majbur boʻldi. 700
mingdan ziyod bolalar ochlikdan oʻlish arafasida turibdi.