11.06.2024 15:30
Sudandagi urush tufayli 10 millionga yaqin odam oʻz uyini tark etdi
Sudandagi urush tufayli 10 millionga yaqin odam oʻz uyini tark etdi
BMT Migratsiya agentligi Sudanda bir yildan oshiqroq vaqtdan beri davom etib kelayotgan harbiy mojarolar tufayli ichki koʻchirilganlar soni tez orada 10 milliondan oshishi mumkinligini maʻʻlum qildi. BMT tuzilmasi, shuningdek, Sudanda "ocharchilik xavfi" borligidan ogohlantirdi. Mamlakatda 18 millionga yaqin odam oʻtkir toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, ulardan 3,6 million nafari bolalardir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining migratsiya agentligi Sudandagi harbiy mojarolar tufayli ichki koʻchirilganlar soni tez orada 10 milliondan oshishi mumkin.
Janglar 2023 yil aprelʻ oyida poytaxt Xartumda boshlanib, tezda butun mamlakat boʻylab tarqaldi. Gʻarbiy Darfur provintsiyasida etnik qon toʻkilishi yana boshlandi. Millionlab odamlar oʻz uylarini tark etishga majbur boʻldilar.
“Dunyo eʻʻtiborga olmaguncha, Sudan xalqi qancha azob-uqubatlar va hayot yoʻqotishlarini boshdan kechirishi kerakmi? 10 million ichki koʻchirilgan odam shoshilinch global choralar koʻrish uchun etarli emasmi? – dedi Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) Sudandagi missiyasi rahbari Muhammad Rifat. – Ushbu 10 million hayotning har biri shoshilinch eʻʻtibor talab qiladigan chuqur insoniy fojiani anglatadi".
Oʻtgan hafta XMT Afrika davlati boʻylab 9,9 million ichki koʻchirilganlarni qayd etdi. Agentlik maʻʻlumotlariga koʻra, joriy urushgacha Sudanda 2,8 million odam mamlakat ichida koʻchishga majbur boʻlgan. Umuman olganda, 12 millionga yaqin odam oʻz uyini tashlab ketgan, ikki milliondan ortiq kishi qoʻshni davlatlar – Misr va Chadga qochib oʻtgan.
Rifatning aytishicha, ichki qochqinlarning yarmidan koʻpi ayollar, toʻrtdan biri esa besh yoshgacha boʻlgan bolalardir.
“Mablagʻning etishmasligi tegishli uy-joy, oziq-ovqat va sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan taʻʻminlashga toʻsqinlik qilmoqda. Aholi harakatining davlatning ijtimoiy va iqtisodiy tuzilishiga uzoq muddatli taʻʻsiridan jiddiy xavotirlar kuchaymoqda”, - deya qoʻshimcha qildi u.
BMT tuzilmasi, shuningdek, Sudanda "ocharchilik xavfi" borligidan ogohlantirdi. Mamlakatda 18 millionga yaqin odam oʻtkir toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, ulardan 3,6 million nafari bolalardir.
BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ham Afrika davlati sayyoradagi eng yirik ichki migratsiya inqirozini boshidan kechirayotganini maʻʻlum qildi.
“Sudan saxiylik bilan milliondan ortiq qochqinlarni qabul qilgan davlat edi. Hozir u dunyodagi eng yirik ichki migratsiya inqirozini boshdan kechirmoqda”, — deyiladi tashkilotning X ijtimoiy tarmogʻidagi xabarida.