Turkiya uzoq masofaga uchuvchi Siper havo mudofaa tizimini ceriyali ishlab chiqarish boshladi
Turk Qurolli kuchlari va mudofaa kompaniyalari uzoq masofaga moʻljallangan Siper zenit-raketa majmuasini (ZRM) seriyali ishlab chiqarishni boshlash boʻyicha kelishuv imzoladi. Bu haqda Milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.
Hujjat
Mudofaa vazirligi rahbariyati, harbiy qismlar qoʻmondonlari va ishlab chiqaruvchilar
tomonidan imzolandi. Vazirlik “shartnomani imzolash marosimi bilan Turkiyaning Siper
[Siper product-1] uzoq masofali havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa
tizimini ceriyali ishlab chiqarish boshlangani, shuningdek, [ushbu raketalar uchun] Hisar
ZRMni seriyali ishlab chiqarish miqyosi kengayganini qayd etdi.
«Siper — milliy
imkoniyatlarimizdan foydalangan holda ishlab chiqilgan havo va raketaga qarshi
mudofaa tizimidir”, - dedi Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler.
“U
bizning uzoq masofali qurollarga boʻlgan ehtiyojimizni qondirish uchun muhim
loyihadir. Dastlabki sinovlarda Hisar raketalari muvaffaqiyatli qoʻllanilgani tufayli
Siper tizimlarining qarshi taʻʻsir choralari koʻrishi va havodagi nishonlarga zarba
berishi samaradorligi oshadi”, - deya qoʻshimcha qildi u.
Siper majmuasi
havodagi har qanday nishonlarini yoʻq qilish uchun moʻljallangan boʻlib, Anqara
tomonidan import qilinayotgan tizimlarga muqobil tarzda yaratilmoqda. Uni ishlab
chiqish jarayoni 2018 yilda Aselsan, Roketsan va SAGE (Mudofaa sanoati tadqiqotlari
va ishlanmalari instituti) ishtirokida boshlangan. Kompleksning birinchi sinovlari
2022 yil dekabrida boʻlib oʻtdi.