19.02.2024 02:04

Tojikiston va Qirgʻiziston 1,1 kilometrlik bahsli chegara uchastkasi boʻyicha kelishib oldi

Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi bahsli chegaraning yana 1,1 kilometrini kelishib oldi.

Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi bahsli chegaraning yana 1,1 kilometrini kelishib oldi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi bayonotida soʻz boradi.

Bayonotga koʻra, ikki davlat ishchi guruhlari mamlakat shimolidagi Soʻgʻd viloyatining Boʻston shahrida yigʻilish oʻtkazgan. Guruhlar dala oʻrganishlaridan soʻng yana 1,1 kilometrlik umumiy chegara haqida kelishib olganlar va bu borada protokol imzolangan.

Tomonlar Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan navbatdagi yigʻilishda ikki davlat oʻrtasidagi bahsli chegaraning boshqa qismlari ustida ishlashni davom ettiradi.

Maʻʻlumot uchun, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi 972 kilometrlik umumiy chegaraning 889,45 kilometrlik qismi yoki taxminan 90 foiz qismi boʻyicha kelishuvga erishilgan. Oxirgi marta tomonlar Qirgʻizistonning Botken shahrida 30 yanvarʻ- 5 fevralʻ kunlari uchrashib, qoʻshimcha 3,71 kilometr chegara boʻyicha kelishuvga erishgan va protokol imzolagan edi.

Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasida chegaradagi kelishmovchiliklar tufayli vaqti-vaqti bilan keskinlik va mojarolar yuzaga kelib turgandi. Ikki davlat oʻrtasidagi soʻnggi mojaro 2022 yil 14 sentyabrda sodir boʻlgan va har ikki tomondan oʻnlab insonlar halok boʻlgandi. 

Mavzuga aloqador