14.12.2023 11:29
Qirgʻiziston va Tojikiston yana 47 km davlat chegarasi boʻyicha kelishib oldi
Qirgʻizistonning Botken shahrida 8-14 dekabrʻ kunlari Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha ikki davlat hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda
topografik ishchi guruhlar Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasining 47,05 km
qismi boʻyicha kelishuvga erishdi.
Tomonlar Tojikistonda
boʻlib oʻtadigan navbatdagi uchrashuvda qolgan uchastkalarni tavsiflash ustida
ishlashni davom ettirishi maʻʻlum qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tegishli bayonnoma imzolandi.
Uchrashuv doʻstlik va oʻzaro hamjihatlik muhitida oʻtgani taʻʻkidlandi.