Markaziy Osiyoda tinchlik
Tojikiston va Qirgʻiziston 1,1 kilometrlik bahsli chegara uchastkasi boʻyicha kelishib oldi
Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi bahsli chegaraning yana 1,1 kilometrini kelishib oldi va tegishli protokolni imzoladi. Ayni paytda ikki davlat oʻrtasidagi umumiy 972 kilometrlik chegaraning 889,45 kilometri yoki qariyb 90 foizi aniq belgilangan va chegara chizigʻi tortilgan. Qolgan qismlari bahsli hisoblanadi. Yaʻʻni, har ikki tomon ham oʻzini deb hisoblaydigan hududlar hamon mavjud.
Davomini o'qish...19.02.2024 02:04Qozogʻiston prezidenti Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovni qabul qildi. Suhbat chogʻida, jumladan, suv xoʻjaligi sohasida hamkorlik va Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʻʻminlash masalalari muhokama qilindi.
Davomini o'qish...20.02.2024 11:45AQSh sanktsiyalarning Markaziy Osiyoga taʻʻsirini yumshatishda koʻmaklashadi
AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning Markaziy Osiyo davlatlariga salbiy taʻʻsirini yumshatish ustida ishlashda davom etish, mintaqa bilan savdo hajmini oshirish va u erga sarmoya oqimini oshirishga tayyorligini bildirdi.
Davomini o'qish...15.03.2024 09:30Qirgʻiz bokschisiga yordam bergan oʻzbekistonlik murabbiy medalʻ bilan taqdirlandi
Parijdagi Olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritgan qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uuluga musobaqalar vaqtida sekundantlik qilgan oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlandi.
Davomini o'qish...07.08.2024 13:27Qirgʻizistonda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha mintaqaviy forum boʻlib oʻtdi
Qirgʻizistonning Issiqkoʻl boʻyidagi Choʻlpon-Ota shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vaziyatlar vazirliklari rahbarlarining mintaqaviy forum-kengashi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markaziy Osiyo zilzila, suv toshqinlari, koʻchki kabi tabiiy ofatlarga moyil zaif hudud boʻlib qolayotgani, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen favqulodda hodisalardan himoya qilish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi taʻʻkidlandi.
Davomini o'qish...16.08.2024 10:08Toqaev: Ostona Qozogʻiston-Tojikiston munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish niyatida
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi. Ikki tomonlama muzokaralarda davlatlar oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada kengaytirish, oʻzaro savdo aloqasini 2 mlrd dollarga etkazish masalalari muhokama qilindi. “Ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash boʻyicha birgalikdagi saʻʻy-harakatlarimiz butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror oʻsish va barqarorlikni taʻʻminlashga xizmat qiladi”, — dedi Toqaev tashrif davomida.
Davomini o'qish...22.08.2024 17:24