16.01.2024 17:15

Qirgʻiziston va Tojikiston yana 38 kilometrlik chegara boʻyicha kelishib oldi

Qirgʻizistonning Botken shahrida 10-16 yanvarʻ kunlari topografik ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishida qirgʻiz-tojik davlat chegarasining 38 kilometrini delimitatsiya (umumiy chegaralarning yoʻnalishi va holatini aniqlash) hamda demarkatsiya (chegara belgilarini koʻrsatgan holda davlat chegarasini belgilash) boʻyicha kelishuvga erishildi.

Topografik ishchi guruhlar Qirgʻiziston-Tojikiston 38 kilometrlik davlat chegarasi boʻyicha kelishib oldi, deb xabar bermoqda Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

“10-16 yanvarʻ kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Botken shahrida topografik ishchi guruhlarining hamda Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining  Qirgʻiz-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha hukumat delegatsiyalari huquqiy masalalar boʻyicha ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi”, — deyiladi xabarda.

Topografik ishchi guruhlar Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasining 38,35 kilometri boʻyicha kelishuvga erishdi.

Tomonlar Tojikiston Respublikasi hududida boʻlib oʻtadigan navbatdagi uchrashuvda qolgan hududlarni tavsiflash ustida ishlashni davom ettiradi.

Avvalroq 8-14 dekabrʻ kunlari Qirgʻiziston-Tojikiston davlat chegarasining 47,05 kilometrlik qismi boʻyicha kelishuvga erishilgani haqida xabar bergan edik. Keyinroq yana 12 kilometrga yaqin chegara kelishib olindi.

Maʻʻlumot uchun, Tojikiston va Qirgʻiziston umumiy chegarasi 970 kilometrni tashkil etadi. Ayni paytda, chegara chizigʻining bir necha yuz kilometri hali delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagan. Tomonlarning uchrashuvlari bir-birining hududida navbatma-navbat oʻtkaziladi.

2022 yilgi qirgʻiz-tojik mojarosi

2022 yilning 14 dekabrʻ kuni - Samarqandda ShHT sammiti arafasida Qirgʻiziston va Tojikiston harbiy xizmatchilari oʻrtasida qurolli toʻqnashuv boshlangan va mojaro 19 sentyabrgacha davom etgan edi.

Qirgʻiz-tojik chegarasidagi mojarolar tarixidagi eng yirik va qonli toʻqnashuvda har ikki tomon harbiy harakatlar boshlanishida bir-birini aybladi. Qirgʻiz hukumati maʻʻlumotlariga koʻra, mojaro paytida qirgʻiz tomondan 63 kishi halok boʻlgan, 140 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, Tojikiston tomonidan 59 kishi halok boʻlgan. «Ozodi» radiosi Tojikiston tomonida halok boʻlgan 83 kishining ismlari roʻyxatini eʻʻlon qildi. Qirgʻiziston rasmiylariga koʻra, janglarda 200 dan ortiq tojik askari halok boʻlgan, 400 ga yaqini yaralangan.

Tojikiston rasmiylari soʻnggi 12 yil ichida tojik-qirgʻiz chegarasida qurol ishlatish bilan bogʻliq 230 dan ortiq hodisa sodir boʻlganini maʻʻlum qildi.

2022 yil 20 sentyabrda mamlakatlar tinchlik shartnomasini imzoladi.

Mavzuga aloqador