Rossiya 17 oktyabrdan boshlab Qozogʻistondan bugʻdoy, yasmiq, pomidor, qalampir va poliz mahsulotlarini olib kirishga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi. Rosselxoznadzor mazkur qaror “Qozogʻiston vakolatli idoralari tomonidan Rossiya hududining fitosanitar xavfsizligini taʻʻminlash choralari koʻrilmagani sababli” qabul qilinganini bildirdi.

2024 yil 17 oktyabrdan boshlab Qozogʻistondan Rossiyaga bugʻdoy, yasmiq, pomidor, qalampir va poliz mahsulotlarini olib kirishga vaqtinchalik cheklovlar kiritildi. Rosselxoznadzorning tegishli qarori tashkilot saytida eʻʻlon qilindi.

Qayd etilishicha, Qozogʻiston vakolatli idoralari tomonidan Rossiya hududining fitosanitar xavfsizligini taʻʻminlash maqsadida choralar koʻrilmagani sababli ushbu qaror qabul qilingan.

“Rosselxoznadzor Qozogʻiston tomonini, Evroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) aʻʻzo davlatlarning vakolatli organlarini, shuningdek, Rossiyaning manfaatdor federal ijroiya organlarini qaror haqida xabardor qildi”, — deyiladi xabarda.

Tashkilot maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yil boshidan buyon Qozogʻistondan Rossiyaga kirib kelayotgan nazorat qilinadigan mahsulotlarda EOIIga aʻʻzo davlatlar uchun karantin obʻʻektlari aniqlangan 215 ta holat aniqlangan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan toʻrt baravar koʻpdir.

Mavzuga aloqador