Reuters: Urib tushirilgan Il-76 samolyoti Sudan armiyasini qurol-yarogʻ bilan taʻʻminlagan
Sudanda Tezkor harakat kuchlari tomonidan urib tushirilgan, ekipaji rossiyaliklar boʻlgan va Qirgʻizistonga aloqador yuk samolyoti qamaldagi El-Fasher shahrida joylashgan mamlakat armiyasini qurol-yarogʻ bilan taʻʻminlagan. Samolyot bir necha oy oldin RSF’ga qurol-yarogʻ etkazishni toʻxtatib, Sudan armiyasini taʻʻminlashga oʻtgani aytilmoqda.
Sudanning
Shimoliy Darfur shtatida urib tushirilgan, ekipaji rossiyaliklar boʻlgan yuk samolyoti
qamaldagi El-Fasher shahrida mamlakat armiyasini qurol-yarogʻ bilan taʻʻminlash uchun
foydalanilgan. Bu haqda Reuters agentligi Sudan Tezkor harakat kuchlari (RSF)dagi
manbalar va falokat joyidan topilgan hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Reuters agentligiga koʻra, voqea Sudan armiyasi va RSF oʻrtasidagi
18 oydan ortiq davom etgan
hamda 10 mingdan ziyod tinch aholi vakillarining oʻlimi, 11 milliondan ziyod
kishining qochqinga aylanishiga sabab boʻlgan urush ortidagi yashirin taʻʻminot
tarmoqlari haqida maʻʻlumot
beradi.
Parvozlarni kuzatish maʻʻlumotlari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi
ilgari xabar qilingan maʻʻlumotlar samolyot bir necha oy oldin RSF’ga qurol-yarogʻ etkazishni toʻxtatib, Sudan
armiyasini taʻʻminlashga oʻtganini
koʻrsatadi.
Reuters agentligining oʻrganishlari ekipaj aʻʻzolaridan kamida bir rossiyalik qurol
savdosi bilan shugʻullangan.
Agentlikka anonim manbaning aytishicha, urib tushirilgan Il-76
yuk samolyoti El Fasherga qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va oziq-ovqat tashigan. Ushbu shaharda Sudan armiyasi
va ittifoqchi sobiq isyonchi guruhlar bir necha oydan beri RSF hujumlarini
qaytarishga urinib kelmoqda. Manbaning
soʻzlariga koʻra, samolyot navbatdagi yordam partiyasini tashlaganidan koʻp oʻtmay urib
tushirilgan.
Agentlik halokat joyidan olingan fotosuratlar va videolarga
asoslanib, ekipajning uch ehtimoliy aʻʻzosini aniqladi.
Ular –
67 yoshli Viktor Granov (2005 yilda Amnesty International tashkiloti Janubiy
Afrikada yashovchi bu rossiyalik tadbirkor rossiyalik qurol sotuvchisi Viktor But
bilan aloqadorligini aytgan). Shuningdek,
33 yoshli Anton Selivanets
va 61 yoshli Aleksandr Kabanov (sobiq harbiy xizmatchi).
Avvalroq Sudan
armiyasi va harbiylashgan RSF (Tezkor harakat kuchlari) oʻrtasida janglar davom
etayotgan Shimoliy Darfur provintsiyasida avvalroq BAAga tegishli boʻlgan va Qirgʻizistonga aloqador
Il-76 yuk samolyoti urib tushirilgani haqida xabar
bergan edik.
Il-76 halokatidan keyin samolyot Bishkekdagi “Manas” aeroportiga bogʻliq boʻlgani va Qirgʻizistonda
roʻyxatdan oʻtgani maʻʻlum qilingan edi. U Qirgʻizistonning New Way Cargo Airlines aviakompaniyasiga tegishli boʻlgani xabar qilindi. “Nastoyashchego Vremeni”
jurnalistlarining maʻʻlum qilishicha, urib tushirilgan samolyot yil boshida kompaniya
reestridan olib chiqarilgan. New Way Cargo
Airlines aviakompaniyasi hozirda oʻzining samolyotga
aloqasi yoʻqligini bildirdi.