Qozogʻistonning ilk insonparvarlik yordami Qirgʻizistonga etib keldi
Qozogʻiston xalqaro taraqqiyot agentligi KazAID koʻmagida prezident Qosim-Jomart Toqaev nomidan
2000 tonna dizelʻ yoqilgʻisi koʻrinishidagi insonparvarlik yordami ajratildi. Yordamning 1000 tonnalik birinchi
partiyasi Qirgʻizistonga topshirildi. Mazkur yordam Bishkek IESda sodir boʻlgan
avariya oqibatlarini bartaraf etishda Qirgʻiziston hukumatini qoʻllab-quvvatlash
maqsadida ajratilgan.
Qirgʻizistonni
Bishkek IESdagi avariyani bartaraf etishda qoʻllab-quvvatlash maqsadida
Qozogʻistondan 17 ta vagon-tsisternaga yuklangan 1000 tonnalik dizelʻ yoqilgʻisidan
iborat insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi etkazildi, deya xabar bermoqda
Kazinform.
Yordamni
topshirish marosimida Qozogʻistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi Rapil Joshibaev va
Qirgʻiziston energetika vaziri Taalaybek Ibraev ishtirok etdi.
Qozogʻiston xalqaro taraqqiyot agentligi KazAID koʻmagida prezident Qosim-Jomart
Tokaev nomidan 2 ming tonna dizelʻ yoqilgʻisi koʻrinishidagi gumanitar yordam
ajratildi. Etkazib berilayotgan Qozogʻiston dizelʻ yoqilgʻisi hayotning turli
sohalari, jumladan, transport, qishloq xoʻjaligi va tibbiyot muassasalarining
energiya ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi.
“Chuy viloyatidagi Shopokova stantsiyasiga 1000 tonnalik dizelʻ
yoqilgʻisining birinchi partiyasi etib keldi. 1000 tonnalik ikkinchi partiya
Qirgʻiziston tomonining talabiga binoan Issiqkoʻl viloyatidagi Baliqchi stantsiyasiga
etkaziladi. Bugungi voqea asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan mustahkamlanib
kelgan, biz doimo davom ettirishimiz shart boʻlgan yaqin doʻstona munosabatlarimiz
daxlsizligini yana bir bor tasdiqlaydi. Qozogʻiston boshqa qoʻshni davlatlar qatori Bishkek IESdagi texnogen
avariya bilan bogʻliq murakkab vaziyatga zudlik bilan javob qaytardi, shuningdek,
Qirgʻizistonga elektr energiyasi etkazib berishni sezilarli darajada oshirdi”, -
dedi Shoshiboev.
Eslatib
oʻtamiz, 2 fevralga oʻtar kechasi Bishkek IES qozonlaridan birida portlash sodir
boʻldi. Portlash shaharning 66 foiz aholisida issiqlik taʻʻminoti bilan bogʻliq
muammolarni keltirib chiqardi. Avariyadan soʻng Markaziy Osiyo davlatlari
hukumatlari xodisa oqibatlarini bartaraf etishga oʻz yordamlarini ajratishini
maʻʻlum qildi. Jumladan, Oʻzbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan Oʻshga
suyultirilgan gaz ballonlarini joʻnatdi.