19.02.2024 13:05

Bishkekda Falastin milliy taomlari oshxona ochildi

Bishkekda falastinlik ayol tomonidan «Paseltina» deb nomlangan falastin milliy tamolari oshxonasini ochdi. Muassasa daromadining 15 foizi insonparvarlik yordami sifatida Falastinga yuboriladi.

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida falastinlik Kifaya ismli ayol vatandoshlari bilan birgalikda «Palestina» nomli milliy taomlari oshxonasini ochdi. Bu haqda «Umma» islomiy jurnal xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, muassasa daromadining 15 foizini insonparvarlik yordami sifatida Falastinga yuboradi.

Eʻʻlon qilingan videolavhadan koʻrish mumkinki, oshxona falastin milliy liboslari, kufiya va bayroqlar bilan bezatilgan.

«Ushbu oshxongani ochishdan maqsad barcha qirgʻizistonliklarga va butun dunyoga arab, ayniqsa Falastin madaniyatini namoyish etishdan iborat», - dedi oshxona taʻʻsischisi Kifaya.

Uning qoʻshimcha qilishicha, taomlarga qoʻllaniluvchi ziravorlar maxsus Falastindan va arab davlatlaridan keltirilgan.

Kelgusida oshxonada nafaqat arab milliy taomlari, balki manti, lagʻmon, shoʻrva kabi mahalliy oshxona ovqatlaridan ham tayyorlash rejalashtirilmoqda. 

Mavzuga aloqador