Videodan lavha

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahridagi savdo markazida Isroilni qoʻllab-quvvatlayotgan kompaniyalarga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazgan 29 kishi qoʻlga olingani aytilmoqda. Ular “boykot” chaqirigʻi yozilgan yozuvlarni koʻtarib, yoʻlak va zinalarga qizil boʻyoq toʻkkan.

Qirgʻiziston politsiyasi poytaxt Bishkekdagi savdo markazlarining birida Isroilni qoʻllab-quvvatlayotgan kompaniyalarga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazgan shaxslar qoʻlga olinganini maʻʻlum qildi.

“Kabar” nashrining xabar qilishicha, 18-19 oktyabrʻ kunlari Bishkek shahridagi savdo markazlaridan birida osiyo millatiga mansub nomaʻʻlum shaxslar jamoat joylarida xulq-atvor qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan holda «Boykot» plakatlarini koʻtarib yurgan va xavfsizlik xizmati xodimlarining talablariga boʻysunmasdan tartibsizlik keltirib chiqargan.

Ular oʻz harakatlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda eʻʻlon qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Bishkek shahar Sverdlovsk tumani IIB Tergov xizmati tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga aloqador