03.01.2024 16:06

McDonald's Malaysia boykot tufayli 1,3 mln dollardan koʻproq zarar koʻrdi

McDonald's Malaysia boykot tashkilotchilarini sudga berdi.

McDonald's Malaysia boykotga chaqiruvchi harakat tashkilotchilarini "yolgʻon va tuhmat qiluvchi maʻʻlumot" tarqatishda ayblab sudga berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ushbu mamlakatda McDonald's litsenziati hisoblangan Gerbang Alaf Restaurants Sdn Bhd kompaniyasining daʻʻvo qilishicha, boykot natijasida 2 oy davomida 6 mln ringit (1,31 mln dollar) daromaddan mahrum boʻlgan.

Avvalroq BDS ijtimoiy tarmoqlarda restoranlar tarmogʻini “Isroilning Gʻazoda falastinliklarga qarshi genotsidli urushi” bilan asossiz bogʻlashayotganini taʻʻkidlab, boykot harakati foydaning yoʻqotilishi hamda ishchi oʻrinlarining kamayishi, shu jumladan, savdo nuqtalarining yopilishi yoki ish soatlarining qisqarishiga olib kelganini maʻʻlum qilgandi.

McDonald's Malaysia 15 oktyabrdagi bayonotida kompaniya "100% musulmonlarga tegishli" ekanini hamda Isroildagi restoran franchayzilarining xatti-harakatlari uning qadriyatlarini aks ettirmasligini taʻʻkidlagandi. Ikki kundan soʻng kompaniya Falastin gumanitar jamgʻarmasiga 1 mln ringgit (taxminan 220 ming dollar) mablagʻ ajratganini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador