25.12.2023 09:50

Starbucks ilk bor boykotlarga munosabat bildirdi

Starbucks boykotlarga munosabat bildirar ekan, "Bizning pozitsiyamiz aniq. Biz insoniyat bilan birgamiz", dedi.

Starbucks bosh direktori Laksman Narasimxon Starbucks kompaniyaning Isroil va Hamas oʻrtasidagi urush boʻyicha pozitsiyasi notoʻgʻri talqin qilinganini bildirdi.

Starbucks blogida chop etilgan ochiq maktubda mart oyida bosh direktor lavozimini egallagan Narasimxon toʻgʻridan-toʻgʻri urush haqida gapirmagan. Buning oʻrniga u dunyodagi "begunohlarga nisbatan zoʻravonlik, nafrat va yolgʻonni keltirib chiqaradigan «mojarolar» haqida gapirib, ularning barchasini qoralashini bildirgan.

Qahvaxonalar tarmogʻi oʻz xodimlari ham aʻʻzo boʻlgan “Birlashgan ishchilar” kasaba uyushmasi ijtimoiy tarmoqlarda Starbucks brendiga oʻxshash logotiplardan foydalangan holda Isroilga qarshi xabarlarni eʻʻlon qilgani uchun sudga berganidan soʻng kompaniyaga qarshi boykotlar avj oldi.

Kompaniya savdo belgisi buzilganini daʻʻvo qilib kasaba uyushmasidan oʻz nomi va logotipidan foydalanishni toʻxtatishni soʻradi. Shuningdek, kompaniyaning Gʻazo urushi boʻyicha rasmiy pozitsiyasi yoʻqligi, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar shikoyatlarni keltirib chiqargani va uning brendiga zarar etkazgani bildirildi.

Narasimxon xodimlarga yoʻllagan maktubida koʻplab Starbucks doʻkonlarida buzgʻunchilik holatlari sodir boʻlgani, kompaniya oʻz xodimlari va mijozlari xavfsizligini taʻʻminlash uchun mahalliy hokimiyat bilan hamkorlik qilayotganini taʻʻkidlagan.

"Men koʻp narsa uchun minnatdor boʻlsam-da, biz yashayotgan dunyoning ahvolidan xavotirdaman. Koʻp joylarda nizolar bor. Begunohlarga qarshi zoʻravonlik, nafrat va qurolli ritorika hamda yolgʻon paydo boʻldi, biz bularning barchasini qoralaymiz", - deydi u. Narasimxon: "Bizning pozitsiyamiz aniq. Biz insoniyat bilan birgamiz", deya qoʻshimcha qildi

Xabar qilinishicha, dunyodagi eng yirik kofe kompaniyasi aktsiyalari narxi noyabrʻ oyining oʻrtalaridan boshlab 9 foizga tushib ketgan va uning bozor kapitallashuvi taxminan 11 milliard dollar yoʻqotgan.

Mavzuga aloqador