15.12.2023 15:06
Eron 33 davlat, jumladan, Oʻzbekiston bilan viza tartibini bekor qildi
Eron hukumati 33 davlat bilan viza rejimini bekor qilish boʻyicha kelishuvni maʻʻqulladi. Eronning IRNA axborot agentligi xabariga koʻra, ushbu davlatlar bilan vizani bekor qilish taklifi Madaniy meros, turizm va xalq hunarmandchiligi vazirligi tashabbusi bilan chiqqan va Eron hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Vazir Izzatulloh Zargʻamiy bu qadamni "dadil qaror" deb atab, bundan buyon 33 davlat fuqarolari uchun Eronga sayohat qilish, uning tabiiy, madaniy va diniy diqqatga sazovor joylariga yaqinlashishlari osonroq boʻlishini taʻʻkidladi.
Uning eslatishicha, Eron insoniyatning 27 ta moddiy merosi bilan 10-oʻrinda, 24 ta insoniyat nomoddiy merosi obʻʻektlari bilan esa 5-oʻrinda turishini eslatib oʻtdi.
Eron viza rejimini bekor qilgan davlatlar: Hindiston, Rossiya, BAA, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Qatar, Quvayt, Livan, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Tunis, Mavritaniya, Tanzaniya, Zimbabve, Mavrikiy, Seyshel orollari, Indoneziya, Bruney, Yaponiya, Singapur, Kambodja, Malayziya, Vʻetnam, Braziliya, Peru, Kuba, Meksika, Venesuela, Bosniya va Gertsegovina, Serbiya, Xorvatiya va Belarus.
Soʻnggi statistik maʻʻlumotlarga koʻra, joriy Eron yilining dastlabki sakkiz oyida (21 martda boshlangan) Eronga kelgan xorijliklar soni 4,4 million kishiga etgan, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 48,5 foizga koʻpdir.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eron dunyoning 32 ta davlatiga viza rejimini bir tomonlama bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edik.